• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Andijondagi qarovsiz binolar o‘rnida tashkil etilgan yangi korxonalar bilan tanishdi

    Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi qarovsiz binolar o‘rnida tashkil etilgan yangi korxonalarning ish faoliyati bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, to‘qimachilik sanoati Andijon viloyatidagi “drayver” sohalardan. Bugun bu yerda 700 ga yaqin shunday korxonalar faoliyat yuritmoqda.

    Andijon shahridagi Dinar group mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi shulardan biri.

    Umumiy qiymati 10 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyiha uchun qarovsiz bino “nol” qiymatda berilgan edi. Yetti oyda bu yerda zamonaviy korxona paydo bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yangi korxonaga Italiya, Avstriya va Turkiya kabi davlatlardan mato bo‘yash va tikuv uskunalari keltirib o‘rnatildi. 1000 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona yiliga 3,5 million dona tayyor trikotaj va 5 ming tonna yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

    O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ dasturiga a’zo bo‘lishi bilan bu korxona uchun ham keng yo‘l ochildi. Mahsulotlar 100 foiz eksportga yo‘naltirilmoqda. Bugungi kunda xorijiy davlatlar buyurtmalari asosida 50 dan ortiq turdagi yarim tayyor va 100 xildan ortiq tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Yillik eksportni 40 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bo‘sh turgan inshootlardan samarali foydalanishga qaratilgan iqtisodiy siyosat natijasiga Andijon shahridagi Diromm fabrikasi ham misol bo‘la oladi. Uning binosi 1980-yillarda qurilgan, uzoq vaqt ishlamasdan, tashlandiq holga kelib qolgandi.

    “Bobur XBK” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 33 million 500 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilgach, bino qiyofasi tamoman o‘zgardi. U mukammal ta’mirlanib, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Turkiyaning zamonaviy texnologiyalari o‘rnatildi. Hozir bu yerda 1 ming 500 kishi mehnat qilmoqda. To‘liq quvvatda 2 ming 700 ta doimiy ish o‘rni bo‘ladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda korxonada 200 turdagi jinsi mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Matoni bo‘yashdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirilmoqda.

    Bu fabrikada ham mahsulotlar to‘liq eksport qilinadi. Mo‘ljal — yiliga 25 million dollarlik mahsulotni xorijga yetkazib berish.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident yangi korxonalardagi ish jarayonini, mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga korxonalar faoliyatini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrining tamal toshini qo‘ydi (foto)
    • “Endi har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, biznes-reja yozib beriladi” – Shavkat Mirziyoyev
    • Shavkat Mirziyoyev: “Fermerning daromadi ko‘paysa, ilmga e’tibor beradi, yangicha ishlashga o‘tadi”

    17.06.2021, 23:33   Izoh (0)   19150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda qaynakasini pichoqlab o‘ldirgan 27 yoshli shaxs 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    17.06.2021, 23:21

    O‘zbekistonga 2021-yilning dastlabki 5 oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma’lum qilindi

    17.06.2021, 23:09

    O‘zbekistonda beshta vazirlik 61 mlrd so‘mni talon-toroj qilishining oldi olindi

    17.06.2021, 22:46

    “Prezidentning oldiga borishim qoldi, xolos”. Andijonda bozor qurgan tadbirkor shahar hokimining qarshiligi sabab mulkidan to‘liq foydalana olmayapti

    17.06.2021, 22:33

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrining tamal toshini qo‘ydi (foto)

    17.06.2021, 22:12

    O‘zbekistonda aholining jismoniy tayyorgarlik holati baholanadi

    17.06.2021, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.