• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Zarruh Adashevning bekor bo‘lgan jangi, “Real”dagi 117 yillik rekord, sobiq jamoasiga qaytgan 43 yoshli Buffon va boshlamasdan tugatgan Gattuzo. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 17-iyun kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    Eriksenning yuragiga moslama o‘rnatiladi

    “Inter” klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksenning yuragiga kardioverter-defibrillyator o‘rnatiladi. Finlyandiyaga qarshi o‘yinda yurak bilan bog‘liq muammodan boshdan kechirgan futbolchi daniyalik va xalqaro mutaxassislar tavsiyasi bilan shu qarorga kelgan.

    Kardioverter-defibrillyator — hayotga xavf soladigan aritmiya va yurak to‘xtab qolishini oldini olishga mo‘ljallangan moslama. U bemorning ko‘krak qismiga implantatsiya qilinadi.

    Ramos bilan xayrlashgan “Real” Varan bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

    “Real” markaziy himoyachisi Rafael Varan katta ehtimol bilan madridliklar safida qoladi. “Qaymoqranglilar” shartnomani uzaytirish borasida 28 yoshli futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishgan.

    Fransiyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq Madrid klubi Varanni kelasi yozda tekinga qo‘yib yubormaslik uchun 2021-yilgi yozgi transfer oynasida sotishga tayyorligi xabar qilingandi.

    “Real”da 117 yildan beri kuzatilmagan holat

    Ramos ketganidan keyin “Real”ning asosiy sardori Marselo bo‘ladi. Uning o‘rinbosarlari fransuzlar — Karim Benzema va Rafael Varan bo‘ladi. Shu tariqa 1904-yildan beri ilk bor ispaniyalik bo‘lmagan futbolchi “Real” sardoriga aylanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Transfer yangiliklari

    “PSJ” “Inter” himoyachisi Ashraf Hakimi transferi ustida ishlamoqda. Parijliklar 22 yoshli marokashlik futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilmoqda, biroq milanliklar 75 milliondan kamiga rozi bo‘lmoqchi emas. “PSJ” Ashrafning o‘ziga yillik 8 million yevro (qo‘shimcha 2 mln bonus) maoshga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Futbolchiga “Chelsi”dan ham qiziqish bor, biroq londonliklar o‘yinchi almashish yoki narxni tushirishni istamoqda.

    Buffon “Parma”ga qaytdi

    “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi nihoyasiga yetgan Janluiji Buffon 20 yillik tanaffusdan keyin sobiq jamoasi safiga qaytdi. B Seriyaga tushib ketgan klub bu haqda rasman e’lon qildi. Buffon bu orqali muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi va Italiya bilan JCh—2022 ga borish istagida. Avvalroq Buffon bu maqsad yo‘lida “Barselona”ning zaxira darvozaboni sifatida o‘ynash variantidan voz kechgandi.

    Gattuzo boshlamasdan tugatdi

    May oyida “Napoli”ni tark etib, “Fiorentina” bosh murabbiyiga aylangan Jennaro Gattuzo florensiyaliklar klubini ham tark etdi. Qayd etilishicha, mutaxassisning qarashlari rahbariyatniki bilan mos kelmagan. Nikolo Skiraga ko‘ra, 43 yoshli mutaxassis “Tottenhem” bosh murabbiyiga aylanadi. Tomonlar kelishuvga erishgani xabar qilinmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    MMA

    Usmon Nurmagomedov Bellator 263 da jang qiladi. UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Bellator’dagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Unga AQSh vakili Menni Muro raqib bo‘ladi. Jang 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

    Zarruh Adashevning navbatdagi jangi bekor qilindi. UFC mutlaq yengil divizionida harakat qilayotgan Zarruhning Xuankamilo Ronderosga qarshi jang ham bekor qilindi. Adashevning aytishicha, raqib noma’lum sababga ko‘ra jangdan bosh tortgan. Mazkur to‘qnashuv 31-iyul sanasiga belgilangandi. Shu tariqa 5 hafta ichida Adashevning ketma-ket ikkita jangi bekor qilindi. May oyida uning Rayan Benua qarshi jangi bekor bo‘lgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Tennis

    “Ulkan toj” tasnifidagi musobaqalarning 20 karra g‘olibi Rafael Nadal Angliya o‘tadigan Uimbldon musobaqasi va Tokio—2020 Olimpiadasini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda sportchining o‘zi ma’lum qildi. Avvalroq ispaniyalik tennischi Rolan Garros musobaqasida Novak Jokovichga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgandi.

    Rolan Garros va Uimbldon musobaqalari orasidagi tanaffus ikki haftani tashkil qiladi.

    Olimpiadada muxlislar bo‘ladi

    Yaponiya hukumati Olimpiya o‘yinlarida sport musobaqalariga 10 minggacha tomoshabin kiritilishiga ruxsat berishni reja qilmoqda. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Kyodo xabar qilmoqda. Yakuniy qaror Olimpiada ijroqo‘mi, Tokio shahri rahbariyati, XOQ va XPQ muhokamasidan o‘tganidan keyin qabul qilinadi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgustiga qadar o‘tkaziladigan Olimpiada chet ellik muxlislarsiz o‘tadi. Musobaqalarga faqat mahalliy muxlislar kirishi mumkin bo‘ladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    17.06.2021, 22:26   Izoh (0)   39233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. Ukraina musobaqa debyutanti ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

    17.06.2021, 19:53

    “Bu hayotimdagi eng og‘ir onlardan biri”. “Real”dan yig‘lab ketayotgan Serxio Ramos

    17.06.2021, 17:17

    Yevro—2020. Niderlandiya Alaba boshliq Avstriyaga, Belgiya esa Eriksensiz qolgan Daniyaga qarshi. Shevchenko jamoasi debyutant bilan o‘ynaydi

    17.06.2021, 16:16

    “Real” navbatdagi afsonasiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Serxio Ramos va Florentino Peres o‘rtasidagi uzoq yillik “urush” haqida

    17.06.2021, 15:12

    Muxlislar tomonidan so‘roqqa tutilgan Abramovning yordamchisi, jangidan 3 kun o‘tib uylangan Shohjahon Ergashev va Yevro—2020 pley-off bosqichiga yo‘l olgan Italiy...

    17.06.2021, 09:01

    Yevro—2020. Italiya Shveysariyani tor-mor keltirib, guruhdan chiqish masalasini hal etdi

    17.06.2021, 01:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.