Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida Belgiya terma jamoasi 17-iyun, payshanba kuni Daniya bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Kopengagenda o‘tgan o‘yin tezkor gol bilan boshlandi. Yusuf Poulsen 2-daqiqada Daniyani hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Kevin de Bryuyne o‘yin taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi: u 54-daqiqada Torgan Azarga gol urish imkoniyatini yaratib bergan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib, kuchli zarbasi bilan daniyaliklar darvozasini dog‘da qoldirdi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Guruhning birinchi bahsida Rossiya Finlyandiyadan ustun kelgandi. 2-turdan keyin B guruhidagi holat va guruh taqvimi:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 2-tur

17-iyun, payshanba

Daniya — Belgiya 1:2

Gollar: 1:0 – 2 Poulsen, 1:1 – 54 Azar, 1:2 – 70 de Bryuyne.

Daniya: Shmeyxel, Vestergor (Olsen, 84), Kristensen, Kyer, Vass (Larsen, 62), Hyoybyerg, Dileyni (Yensen, 72), Damsgor (Kornelius, 72), Mele, Poulsen (Nergor, 62), Breytueyt.

Belgiya: Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Denayer, Menye, Tilemans, Dendonker (Vitsel, 59), Torgan Azar, Karrasko ( Eden Azar, 59), Lukaku, Mertens (de Bryuyne, 46).

Ogohlantirishlar: Vass (59), Damsgor (69), Yensen (82).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi