• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Olmaliq KMK”: Raqamlashtirish, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari

    “Olmaliq KMK” AJ tomonidan jurnalistlar va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi. Ular bir nechta konlarda, idoralarda, shuningdek, kombinat tarkibiga kiradigan fabrika va zavodda bo‘lishdi. Tadbir davomida media-tur ishtirokchilariga raqamlashtirish, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

    “Qalmoqqir” va “Yoshlik I” konlari

    “Qalmoqqir” koni — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish va texnologik zanjirining birinchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Kombinat u bilan boshlanadi va media-tur ham aynan o‘sha yerdan boshlandi.

    “Qalmoqqir” kon boshqarmasi Markaziy Osiyodagi eng yirik tog‘-kon korxonalaridan biridir. Ochiq kon qurilishi 1954-yilda boshlangan, 1959-yil 1-iyulda esa shu yerdan ilk bor ruda jo‘natilgan.

    Bugungi kunda ochiq konning uzunligi 4000, kengligi 2000, eng baland joyi 925, eng past joyi 370 metr, sathining qiyaligi 35-40 darajani tashkil etadi.

    “‘Qalmoqqir’ koni uchta ochiq konga bo‘lingan (ustki karyer, sharqiy va markaziy). Ustki ochiq konning chiqindi jinslar olib tashlanadigan yuqori qismida yuk ko‘tarish quvvati 130 tonnadan 220 tonnagacha bo‘lgan BelAZ yuk mashinalari ishlatiladi. Quyi gorizontda, agar imkon bo‘lsa, ruda temir yo‘l orqali tashiladi. Bugungi kunda konda 1800 dan ortiq kishi ishlaydi. Bu yerda qazib olingan barcha rudalar mis boyitish fabrikasiga yuboriladi. O‘tgan yili bu yerda 33 million 800 ming tonna ruda qazib olindi. Bu yil qazib olishni 34 million tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan”, — deydi “Qalmoqqir” kon boshqarmasi bosh muhandisi Umid Tojiyev.

    Shu yerda, konning oldidagi maydonchada, “Qalmoqqir” konini kashf etgan B.N. Nasledovning haykali mavjud.

    Yana bir kon — “Yoshlik I” koni haqida ushbu konni o‘zlashtirish, investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi direktorining o‘rinbosari Zokirxo‘ja Ishanxo‘jayev jurnalistlarga gapirib berdi.

    “Bu konning o‘ziga xosligi shundaki, bu yerda mis-porfir rudalari, oltin, molibden va kumush qazib olinadi. U uchta qismni o‘z ichiga oladi: Shimoli-g‘arbiy Balikti, Markaziy va Qorabuloq. Ularning barchasi o‘rganilgan. Ayni vaqtda tuproq yuzini tozalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konni ochishda avvalida biz taxminan 80 million kubometr ustki qatlam jinslarni tozalagan edik. Birinchi ruda qazib olish 2023-yil oktabrga rejalashtirilgan. Bu kelgusida kombinatda 3-sonli misni boyitish fabrikasi qurilishi bilan bog‘liq. Ruda va tog‘ jinslari davriy oqim texnologiyasi yordamida tashiladi. Loyiha bo‘yicha konni ishlab chiqarish quvvati yiliga 105 million tonnani tashkil etadi. Ushbu loyiha 2021—2025 va 2024—2028-yillarga to‘g‘ri keladigan ikki bosqichga bo‘lingan”, — deydi Zokirxo‘ja Ishanxo‘jayev.

    Bundan tashqari, taqdimot paytida aytilganidek, hozirda “Yoshlik I” konida ishlaydigan ekskavatorlarga maxsus bort kompyuterlari o‘rnatilgan. 200 dan ortiq datchiklar nazorat qilinadi. Ushbu ma’lumotlar haydovchi kabinasiga uzatiladi. Rejalarga insonning aralashuvisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri barcha burg‘ulash qurilmalari, ekskavatorlar va samosvallardan, Internet ashyo texnologiyasidan foydalangan holda, ma’lumotni serverga qabul qiladigan yagona dispetcherlik nuqtasini joriy etish kiradi.

    Ishlab chiqarishni raqamlashtirish va mahalliylashtirish

    Jurnalistlarga uchta transport bo‘limlari: sanoat temir yo‘l transporti, texnologik transport va avtotransport bo‘limlari faoliyati misolida OKMKda raqamlashtirish jarayonlari qanday amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida so‘zlab berildi va namoyish etildi.

    “Texnologik transport boshqarmasining vazifasi tog‘ jinsini ochiq kondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘ir yuk tashuvchi yuk avtosamosval orqali tashishdir. Ularning ishlashi davomida asosiy xarajatlar dizel yoqilg‘isi va katta shinalarga ketadi. Har bir samosvalda 6 tadan shinalar bor. Ularning har biri 60 ming kilometr yurishni ta’minlashi kerak. Ushbu g‘ildirakning 60 ming kilometr ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar yo‘l sharoitlari va undagi bosimdir. U 8 atmosferada saqlanishi kerak. Ushbu bosimni ushlab turish uchun shinalarga havo bosimi datchiklari o‘rnatiladi, ular haydovchiga nazorat qilishi uchun ma’lumotlarni uzatadi”, — deydi Texnologik transport boshqarmasi bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi Sanjarbek Ahmadjonov.

    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda avtomobil shinalarini ta’mirlash joyida ta’mirlashning yangi texnologiyasi — issiq usul qo‘llaniladi. U 2020-yilda joriy etilgan. Agar ilgari buzilishi 160 millimetr bo‘lgan shinalar ta’mirlangan bo‘lsa, yangi usul 250 millimetrgacha bo‘lgan katta buzilishli shinalarni “yamash” imkoniyatini beradi.

    Shu tarzda, joriy yil boshidan beri 82 dona shinalar ta’mirlandi. 320 ming dollar tejaldi. Ilgari teshilgan shinalar utilizatsiya qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ular ta’mirlanmoqda va korxona mablag‘ni tejamoqda, deb ta’kidladi Sanjarbek Ahmadjonov.

    Bu yerda Texnologik transport idorasida yana bir yangi texnologiya bu safar kadrlar tayyorlash sohasida joriy etildi. Bu BelAZ kabinasi simulyator-trenajori.

    “Ushbu texnologiya haydovchilarni tayyorlashda bizga yordam beradi. Bugungi kunga qadar biz avval nazariy bilimlarni berardik, keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasiga o‘tkazardik va kelgusi ko‘rsatmalarni berardik. Bugun bizda simulyator mavjud. Bu yerda hamma narsa vizuallashadi, ochiq konning grafik tasviri mavjud. Simulyator har bir do‘nglikni hosil qiladi. Agar siz jarayonning ishlash tamoyilini bilmasangiz, uni boshqara olmaysiz, degan gap bor. Albatta, biz yaxshi nazariyani berayapmiz, lekin faktlar bilan tushuntirish va ko‘rsatish juda muhimdir”, — deydi Sanjarbek Ahmadjonov.

    Jurnalistlarning navbatdagi manzili — Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi (STTB) bo‘ldi. Bugungi kunda bu yerda 2490 dan ortiq kishi ishlaydi. Mart oyida investitsiya loyihalarini va “Raqamli O‘zbekiston—2030” dasturini amalga oshirish doirasida boshqaruvni qayta qurish amalga oshirildi.

    “Bugungi kunda bizning lokomotiv parkimiz 50 ta yuk tortish agregatlari, 37 ta teplovoz va mingdan ortiq vagonlardan iborat. STTB to‘rtta asosiy sex va beshta xizmatdan iborat. Shuningdek, biz ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga katta e’tibor beramiz.

    Bizda katta ta’mirlash bazasi bo‘lganligi sababli, bu yerda ko‘plab mahsulotlar va ehtiyot qismlar o‘zlashtiriladi. Bular, xususan, lokomotivlar yurishi uchun ehtiyot qismlar, yuk tortish agregatlari va avtomashinalar uchun mexanik qismlar”, — dedi Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi boshlig‘i Bunyod Qurbonov.

    Bundan tashqari, mutaxassis temir yo‘l transportida yuklarni tashishning asosiy ko‘rsatkichlari haqida so‘zlab berdi. Shunday qilib, 2020-yilda tog‘ massasi 75,7 million tonnani tashkil etdi va 2040-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 93,7 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Natijada yuk aylanmasi 30-35 foizga oshadi.

    Bu yerda jurnalistlar uchun kichik taqdimot tashkil etildi. Ular amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari haqida gaplashishdi. Shunday qilib, ulardan biri ikki bosqichga bo‘lingan.

    “Birinchi bosqichni amalga oshirish doirasidagi ishlar allaqachon boshlangan, amalga oshirish muddati 2020—2022-yillarga to‘g‘ri keladi. Asosiy qurilish to‘rtta obyektda davom etmoqda, ya’ni ikki yo‘lli ulovchi uchastkani qurish, to‘qqizinchi uchastkani qayta yotqizish, Qalmoqqir—Halqa uchastkasi (asosiy uchastka) uchun SMB moslamalarini rekonstruksiya qilish va sanoat maydonchasini qurish. Birinchi bosqichda shuningdek 12,4 kilometr yo‘llar va 29 ta strelkali o‘tkazgichlar qurilishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqichni amalga oshirish muddati — 2023—2040-yillar. U asosiy qurilishni o‘z ichiga oladi. Ochiq kon va fabrikani bog‘laydigan uchta asosiy stansiyani ko‘chirish rejalashtirilgan. Bular “Qalmoqqir”, “Yangi Razezd” va “Ochiq kon” stansiyalari. Shuningdek, qariyb 47 kilometr yo‘llar va 147 ta strelkali o‘tkazgichlar qurish ko‘zda tutilgan”, — deydi Bunyod Qurbonov.

    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, barcha ishlar kombinat tomonidan amalga oshiriladi. Bu yerda ta’mirlash bazasi rivojlangan, malakali kadrlar mavjud, shuning uchun pudratchilar jalb qilinmaydi. Ushbu loyihalar amalga oshirilgandan keyin kutilayotgan natija yiliga qariyb 287 tonna dizel yoqilg‘isini tejash, stansiyalar va uchastkalar o‘tkazuvchanligini oshirishdir.

    OKMKning yana bir yirik bo‘linmasi — Avtomobil transporti boshqarmasi. Media-tur davomida aytilganidek, uning tarkibiga 5 ta avtobaza kiradi, shuningdek, turli xil markalardagi texnikallar soni 900 donadan oshadi. Bu yerda 2200 ga yaqin kishi ishlaydi.

    “‘Raqamli O‘zbekiston—2030’ strategiyasi asosida zavod rahbariyati ‘Raqamli OKMK—2030’ konsepsiyasini tasdiqladi. Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va logistika bo‘limi tashkil etildi. Bundan tashqari, kombinat xodimlari TMS (Transport monitoring system) dasturini yaratdi.

    Bu barcha texnikalarning pasportlarini, turli xil qismlarni, dvigatelning VIN kodlarini va boshqalarni ko‘rish imkonini beradi. Yaqinda transport vositalarini ajratish bo‘yicha elektron ariza joriy etildi, u maxsus shakl bo‘yicha to‘ldiriladi. Tizim, shu jumladan, uskunalarni oqilona taqsimlanishiga hissa qo‘shadi”, — deydi Avtomobil transporti boshqarmasi dasturchi muhandisi Mariya Ozolinya.

    MBFni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida misni boyitish fabrikasini (MBF) rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 2019-yilda boshlangan ushbu ishni 2022-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

    Fabrikaning barcha sexlari va bo‘limlarida olib borilgan rekonstruksiya ishlari doirasida mavjud uskunalar zamonaviy uskunalar bilan almashtirilmoqda. Bu MEZ metallurgiya sexiga namlik miqdori 8 foizdan ko‘p bo‘lmagan mis shixtasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, bu yiliga 21 million kubometrdan ortiq tabiiy gaz va 8,6 million kVt / soat elektr energiyasini tejashga erishiladi.

    Yana bir muhim jihat shundaki, boyitish jarayonida rudadan oltinni ajratib olishda gravitatsion boyitish usuli qo‘llaniladi. Uning yordami bilan erkin holatda bo‘lgan zarrachalarni ajratib olishda yuqori samaradorlikka erishiladi, ya’ni mis konsentratidan oltinni olish darajasi 67 foizgacha ko‘tariladi.

    Ushbu loyiha doirasida maydalagichlar (montaj ishlari yakunlangan), flotatsion mashinalar va aloqa chanlari, nasos-gidrotsiklon o‘rnatmalari allaqachon qabul qilingan, o‘rnatilgan yoki o‘rnatish bosqichida.

    Rekonstruksiyadan so‘ng, MBFda ruda tarkibidan misni ajratib olish darajasi 84-85 foizgacha yetkaziladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 75-76 foizni tashkil qilar edi.

    Bundan tashqari, MBF tsexlarida texnologik jarayonlarni onlayn monitoring qilish maqsadida videokuzatuv loyihasi ishlab chiqilgan. Uning birinchi bosqichda fabrikaning 3 ta sexida 200 dan ortiq video kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

    OKMKda chiqariladigan mahsulotlarini mahalliylashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Aytish kerakki, OKMKda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosan ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: kombinatning mavjud va yangi quvvatlari hisobiga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, amaldagi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish.

    2021-yilning birinchi besh oyida OKMKda mahalliylashtirish dasturi doirasida umumiy qiymati 73 milliard AQSh dollarilik 67 ta loyiha amalga oshirildi. Prognoz 126,4 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati 125,1 foizni tashkil etdi. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti 308 ming dollar miqdorida amalga oshirildi.

    MTMZning noyob texnologiyalari

    “Zavodimizga OKMKning barcha bo‘linmalaridan ta’mirlash uchun barcha ehtiyot qismlar keltiriladi. Unda 2200 kishi ishlaydi. Biz tunu kun ishlaymiz”, — deydi Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi direktori Sergey Larionov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, zavodda jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Ular qo‘l mehnatidan to‘liq avtomatik boshqaruvga o‘tmoqda. Masalan, ilgari 3-4 kun davomida qo‘lda tayyorlangan qismlar mavjud edi, ammo endi avtomatizatsiya tufayli ular 16 soat ichida tayyorlanmoqda. Albatta, uning qismlari sifati ancha yuqori, — deydi MTMZ direktori.

    Zavodda noyob ishlab chiqarish texnologiyalari qo‘llaniladi. Ulardan biri elektroshlangli qayta eritgichdir. Bu yangi va bizning mamlakatimizda muqobili yo‘q.

    Bu yarim tayyorlamalarni qayta eritish texnologiyasi. Yarim tayyorlamalarning uch turi mavjud: quyish, zarb qilish va elektroshlakli qayta eritish. Ilgari ushbu maxsus pokovkalarning barchasi chetdan olib kelingan bo‘lsa, bugun biz ularning ishlab chiqarilishini o‘zlashtirdik. Shunday qilib, biz NKMK va O‘zmetkombinat uchun yarim tayyorlamalarni ishlab chiqaramiz. Bundan tashqari, zavod bolg‘alash manipulyatorini sotib oldi. Unda yarim tayyorlama bolg‘alanadi, kerakli o‘lchamlar beriladi va natijada uning qattiqligi oshadi. Shunday qilib, ishlov berish vaqti qisqaradi va mahsulotning mexanik xususiyatlari oshadi.

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    17.06.2021, 18:00   Izoh (0)   24353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “MAZ bilan yozga!” — kafolatli yutuqlari bo‘lgan, misli ko‘rilmagan aksiya

    17.06.2021, 15:00

    ATTO kompaniyasidan Non Stop aksiyasining birinchi g‘oliblari o‘z yutug‘ini oldi

    17.06.2021, 12:00

    Boulevard turar joy majmuasidagi eksklyuziv xonadonlar sotuvining tantanali ochilish marosimi

    17.06.2021, 09:00

    Akfa Lighting poytaxtdagi yangi Magic City parkini yoritdi

    16.06.2021, 19:30

    UzIMEIning barqaror kelajakni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi

    16.06.2021, 18:00

    Realme yangi mahsulot — “quvvat monstri” Realme C25 smartfonini taqdim etdi

    16.06.2021, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.