Daryo

Samsung Adidas bilan hamkorlikda yaratilgan naushnigini taqdim etdi

Galaxy Buds Pro Janubiy Koreyada 7-apreldan 250 dollar qiymatida sotuvga chiqadi

1 daqiqa o‘qish51 840 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GSNarena

Ikkita kompaniya Sten Smitning tennis oyoq kiyimi qutisidan ilhomlanib, Galaxy Buds Pro maxsus seriyasini yaratish uchun birlashdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: GSNarena

Yangi Galaxy Buds Pro naushniklari Adidas krossovkalarining qutisini yodga soluvchi oq-yashil qutida yetkazib beriladi. Bu snepbek (soyaboni to‘g‘ri kepka) futlyaridagi simsiz naushniklarning cheklangan seriyasi hisoblanadi.

Cheklangan seriyadagi Galaxy Buds Pro korpusi Adidas’ning yaqinda chiqindilarni qisqartirish borasidagi sa’y-harakatlariga mos ravishda qayta ishlangan materiallardan yaratilgan. Naushniklarni xarid qilgan foydalanuvchilar Adidas Originals “temasi”ni Samsung Galaxy smartfonlarining Buds Pro bilan ulagandan so‘ng foydalana oladi.

Maxsus seriyadagi Galaxy Buds Pro Janubiy Koreyada 7-apreldan 250 dollar qiymatida sotuvga chiqadi.

Avvalroq Samsung afsonaviy “raskladushka”ni Galaxy Buds Pro uchun futlyarga aylantirganti to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Galaxy Buds Pro simsiz naushniklari hali sotuvga chiqmasdan birinchi bellashuvda AirPods Pro’ga yutqazib qo‘ydi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar