Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 15-iyun kuni yana 350 kishida koronavirus tasdiqlanib, mamlakatda ushbu virusga chalingani rasman tan olinganlar soni 104 463 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 16 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 36 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 41 nafari Toshkent viloyatida,
173 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 11 nafar, Buxoroda 13 nafar, Jizzaxda 15 nafar, Qashqadaryoda 26 nafar, Navoiyda 2 nafar, Namanganda 6 nafar, Samarqandda 20 nafar, Surxondaryoda 4 nafar, Farg‘onada 17 nafar, Xorazmda 12 nafar, Toshkent viloyatida 47 nafar hamda Toshkent shahrida 169 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 100 328 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 711 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3424 nafar bemor davolanyapti.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyunda 300 kishi 13-iyunda 303 kishi, 12-iyunda 304 kishi, 11-iyunda 314 kishi, 10-iyunda 287 kishida koronavirus tasdiqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi