O‘zbekistonda 10-iyun kuni yana 287 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 9-iyun kuni 243 nafar, 8-iyun 199 nafar, 7-iyun kuni 199 nafar, 6-iyun kuni 242 nafar, 5-iyun kuni 286 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 28 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 20 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 39 nafari Toshkent viloyatida,
  • 132 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 102 892 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 10 nafar, Andijonda 14 nafar, Buxoroda 4 nafar, Qashqadaryoda 19 nafar, Navoiyda 8 nafar, Namanganda 4 nafar, Samarqandda 26 nafar, Surxondaryoda 13 nafar, Farg‘onada 18 nafar, Xorazmda 12 nafar, Toshkent viloyatida 37 nafar hamda Toshkent shahrida 166 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98 923 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 704 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3265 nafar bemor davolanyapti.