O‘zbekistonda 12-iyun kuni yana 304 kishida koronavirus tasdiqlanib, mamlakatda ushbu virusga chalingani rasman tan olinganlar soni 103 510 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 13 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 12 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 59 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada 264 nafar — Buxoro viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida 20 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar,Samarqand viloyatida 30 nafar,Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Farg‘ona viloyatida 21 nafar, Xorazm viloyatida 8 nafar, Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99 416 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 708 nafarni tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 6-may va 7-iyun kunlari ham O‘zbekistonda bir kunda 3 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3386 nafar bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11-iyunda 314 kishi, 10-iyunda 287, 9-iyunda 243 kishida koronavirus tasdiqlangandi.