Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, amaliyotda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi bo‘yicha belgilangan qoidalar va cheklovlarga rioya etish darajasi pastligini ko‘rsatmoqda. Sababi amaldagi qonun hujjatlarida tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning kuchsizligi va ularda vakolatli organlarning nazorat qilish sohasidagi vazifalari, jamoat joylarida tamakisiz muhit yaratish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning majburiyatlari belgilanmagan. Shuningdek, zamonaviy tamaki mahsulotining aylanmasini tartibga solish masalalari huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topmagan.

Mazkur loyihani ishlab chiqishga yana bir zarurat – bu amaldagi qonun hujjatlarida tamaki mahsulotini realizatsiya qilish yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, kundalik hayotda bunday mahsulotning chakana savdosi bilan aksariyat holatlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar noqonuniy shug‘ullanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamaki va nikotin iste’mol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda. Jumladan, bunday mahsulot va moslamalarni 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish va 21 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan savdo va realizatsiya qilishni taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan jamoat joylarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilib, chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanyapti hamda belgilangan qoidalarning ijro etilishini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar majburiyatlari aniqlanmoqda.

“Loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, shu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlari yaratilishiga erishiladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida piyoda yurish va yugurishni ommalashtirish uchun ishga tushiriladigan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi alkogol va sigaret sotuvchilaridan olinadigan maxsus yig‘im hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi