“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:22, 15.06.2021 31626

“Muhtasham yuz yil” dagi Mehrimoh — Pelin Karaxanning uch qavatli koshonasiga sayohat (foto)

“Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymonning qizi rolini gavdalantirganidan keyin mashhurlikka erishgan turk aktrisasi Pelin Karaxanning uch qavatli, hashamatli uyi suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Starhit.ru

Keng, dizaynerlik mebellari bilan qoplangan hamda oilaviy dam olish mumkin bo‘lgan katta mehmonxonada uyning o‘ziga xosligi aks etgan.

Foto: Starhit.ru

Aynan shu mehmonxonadan hovuzli terrasaga chiqsa bo‘ladi. Uyning oldidagi maydonda joylashgan bog‘ yashil maysalar bilan qoplangan.

Foto: Starhit.ru

Pelin bergan intervyusida butun umri davomida shunday uy haqida orzu qilganini ta’kidlagan.

Foto: Starhit.ru

“Men hayhotdek uy, farzandlar va turmush o‘rtoq haqida orzu qilgan oddiy qiz bo‘lganman. Endilikda bularning barchasi borligi sabab men o‘zimni baxtli inson deb hisoblayman”, — deydi yulduz.

Foto: Starhit.ru

Ko‘p vaqtini oshxonada o‘tkazadigan aktrisaning pazandalik shousi ham aynan shu yerda suratga olinadi. Devordagi naqshlar va oq rangli shkaflar oshxonaning shinam ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda, Pelin interyer dizayni borasida yorqin detallarni yaxshi ko‘radi. Uning uyida zamonaviy san’at asarlari va noodatiy mebellarni uchratish mumkin. Shunga qaramay, xona devorlari rangining och ekani kishi e’tiborini o‘ziga tortadi.

Foto: Starhit.ru

Yotoqxonada ham gulli suratlar bilan bezalgan pannoni ko‘rish mumkin. U dizaynerlarning uy loyihasini ishlab chiqish jarayonida bevosita ishtirok etgani sabab ham interyerlar o‘ziga xos va noodatiyligi bilan kishini o‘ziga jalb qiladi.