Daryo

Gollivud aktrisasi Skarlet Yoxanssonning Nyu-Yorkdagi 2 million dollarlik pentxausiga sayohat (foto)

Pentxaus terrasasidan Manhettenning kishini o‘ziga jalb qiladigan manzarasi ko‘zga tashlanib turadi

1 daqiqa o‘qish91 216 ko‘rishlar0 izoh0

Gollivud yulduzi Skarlet Yoxansson 2020-yilning kuzida uchinchi marta turmush qurdi. 36 yashar aktrisa turmush o‘rtoq sifatida 38 yoshli Saturday Night Live shousi ssenariy muallifi Kolin Jostni tanlagan. Aktrisa o‘zi yashaydigan pentxausini sotuvga qo‘yganidan, yoshlar birga yashash uchun yangi turar joy xarid qilmoqchi, degan xulosaga kelish mumkin. Nyu-Yorkning markazida joylashgan uyni Skarlet 2,3 million dollarga sotishni rejalashtirmoqda.

Foto: Getty Images

Minimal skandinaviya uslubidagi interyer bilan yasatilgan mazkur uy sokin rangdagi, ortiqcha bezaksiz mebellar bilan jihozlangan.

Foto: Glamour

Qulay va shinam mehmonxonadan, uncha katta bo‘lmagan, ammo barcha zarur texnikalar mavjud bo‘lgan oshxonaga kiriladi.

Foto: Glamour
Foto: Glamour
Foto: Glamour

Oshxona ham ikki yuvinish xonasi singari marmar bilan ajratilgan.

Foto: Glamour
Foto: Glamour

Ikkita yotoqxonaga ega bo‘lgan uyda havas qilsa arzigulik garderobni uchratish mumkin.

Foto: Glamour
Pentxaus terrasasidan Manhettenning kishini o‘ziga jalb qiladigan manzarasi ko‘zga tashlanib turadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar