Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-iyun kuni Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani kengashining navbatdan tashqari 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, sessiyada Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Sessiyada hozirgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda Fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Tapil Mahamadziyayev Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Tapil Mahamadziyayev 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Jahongir Ibrohimov 2021-yilning 15-yanvarida Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlangandi. Shundan buyon ushbu lavozim fevralga qadar vakant bo‘lib kelgan va 11-fevralda Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Saidjamol Sultonov tuman hokimligiga tasdiqlangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi