“O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi”da Ai-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi ko‘tarildi, deb xabar bermoqda birja matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021-yil 7—13-iyun kunlari tovar-xomashyo birjasiga 28 579,0 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 21 097,9 tonnasi, ya’ni 73,8 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi ko‘tarilgani sababli uning o‘rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 6 715,0 ming so‘mdan 6 860,3 ming so‘mgacha, ya’ni 2,2 foizga ko‘tarilgan.
Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 830,9 ming so‘mni, Ai-91 — 7 873,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Izoh (0)