• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bizda kimnidir o‘ldirish odati yo‘q”. Vladimir Putinning NBC News’ga bergan intervyusidan asosiy ma’lumotlar

    Jenevada bo‘lib o‘tadigan Rossiya—Amerika sammiti arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda NBC News jurnalisti Kir Simmonsga intervyu berdi. Amerika telekanali suhbatning ingliz tilidagi versiyasini 14-iyun kuni e’lon qildi. Keyinchalik Kreml veb-saytida rus tilidagi stenogramma paydo bo‘ldi. Meduza Rossiya prezidentining intervyusidagi asosiy mavzularni chop etdi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Aleksey Navalniy haqida

    Putin siyosiy raqibini yo‘q qilishga buyruq berganini rad etdi. “Bizda kimnidir o‘ldirish odati yo‘q”, — dedi prezident. Shu bilan birga, u hozir hibsda bo‘lgan Navalniyning qamoqdan sog‘-salomat ozod qilinishiga ham kafolat bermadi.

    “Quloq soling, bizning mamlakatda ozod qilish yoki ozod qilmaslik to‘g‘risidagi qarorlarni prezident emas, sud qabul qiladi. Qamoqda Navalniyga hech kim boshqalarga nisbatan yomonroq munosabatda bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.

    “Uning ismi Aleksey Navalniy”, — sharhladi NBC jurnalisti. “Siz uni qamoqdan chiqadi deb aytishga tayyor emasmisiz?”

    “Bu muhim emas. Uni qanday ma’qul ko‘rsangiz, shunday atashingiz mumkin, u qamoqdagi odamlardan biri, xolos”, — deb javob qildi Putin.

    AQSh saylovlariga aralashish haqida

    Putin Rossiya xakerlariga va Rossiya hukumatiga Amerika saylovlariga aralashish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni “tuganmas masxarabozlik” deb atadi.

    “Bizni dunyodagi hamma narsada ayblashgan. Saylovlarga aralashish, kiberhujumlar va hokazolar. Ammo hech kim hech qachon biror dalil-isbot keltirish tashvishini qilmagan. Faqatgina asossiz ayblovlar”, — dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti. “Black Lives Matter harakatini qo‘zg‘atishda haligacha ayblanmay kelayotganimizga hayronman. Bunday asossiz ayblovlar bo‘yicha sizga birgina javob bera olaman: Xalqaro jinsiy islohotlar ligasiga shikoyat qilishingiz mumkin. Shunga rozimisiz?” — deya qo‘shimcha qildi Putin.

    AQSh bilan hamkorlik haqida

    Putin kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda Moskva va Vashington kuchlarni birlashtirishi mumkinligiga umid qilmoqda. “Bu jarayonni AQShdagi sheriklarimiz bilan boshlashimizga katta umidimiz bor”, — deydi u.

    Bundan tashqari, Putin Bayden bilan mahbuslarni ayirboshlash masalasini muhokama qilishga tayyorligini aytdi. “Bilaman, bizning qamoqxonalarda AQSh fuqarolari bor, ammo AQSh qamoqxonasida qanchadan qancha Rossiya fuqarolari borligini ko‘rsangiz edi, ular sanoqsiz”, — dedi u. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya agar amerikalik hamkorlari bosh tortmasa, kosmik sohada AQSh bilan hamkorlikni davom ettiradi. Rossiya rahbarining fikricha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi yillarda oldindan ko‘ra bilish va barqarorlik yetishmayapti.

    Kapitoliyga hujum haqida

    Putinning ta’kidlashicha, Rossiya boshqacha fikrlaganlarga bosim o‘tkazishda ayblanmoqda, ammo AQShning o‘zi o‘z fuqarolarini siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilmoqda. Bunga misol sifatida u Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishi voqeasini keltirdi. “Bizda bir maqol bor: yuzing qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama. Buni sizga shaxsan hech qanday aloqasi yo‘q, lekin kimdir sizni biror nimada ayblasa, o‘zingizga razm solasiz, oynada bizni emas, o‘zingizni ko‘rasiz. Bu yerda g‘ayrioddiy hech narsa yo‘q”, — dedi prezident.

    “Qani ayting-chi, siz Kongressga kirgan va politsiya xodimi tomonidan o‘qqa tutilgan ayolni o‘ldirishni buyurganmidingiz? Kongressga bostirib kirganlarning 450 nafari hibsga olinganini bilasizmi? Ular binoga kompyuter o‘g‘irlash uchun kelmagan edi, ular siyosiy talablar bilan kelgan”, — dedi Putin jurnalistga.

    Bayden haqida

    Putin 2011-yilda Bayden bilan uchrashuvda uning Rossiya rahbarida “qalb yetishmaydi” degan so‘zlarini eslay olmasligini aytdi. U Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidentini birga ishlash mumkin bo‘lgan professional sifatida tavsifladi. “U deyarli butun hayotini siyosat ichida o‘tkazdi”, — dedi Putin.

    Tramp haqida

    Putin Amerikaning sobiq rahbarini “ajoyib, iste’dodli va yorqin shaxs” deb atadi. “Aks holda, u AQSh prezidenti bo‘la olmasdi. U kimgadir yoqishi, kimgadir yoqmasligi mumkin”, — dedi Putin.

    Putin qotilmi?

    NBC News jurnalistining mazkur savoliga Putin shunday javob berdi: “Ishim davomida men juda ko‘p sabablarga ko‘ra turli darajadagi va har xil yo‘nalishdagi hujumlarga odatlanib qolganman. Bu meni ajablantirmaydi. Men o‘nlab bunday ayblovlarni eshitganman”.

    Putin hukmronligi yillarida Rossiyada o‘ldirilgan odamlarning nomlari keltirilgan ro‘yxat haqidagi savolga u shunday javob berdi: “Bilasizmi, qo‘pol gapirishni istamasdim, lekin bu qandaydir tarzda oshqozon og‘rig‘iga o‘xshaydi, faqat og‘zaki shakldagi”.

    Voris haqida

    Putin “qachondir boshqa bir odam, albatta, mening o‘rnimni egallaydi” — deya ta’kidladi. “Agar mening faoliyatimga tanqidiy yondashsa ham, biror insonni vatanga sodiqligini, vatan uchun nafaqat yillar, balki butun hayotini fido qilishga tayyorligini ko‘rsam, u menga qanday munosabatda bo‘lishidan qat’i nazar, bunday insonlarni qo‘llab- quvvatlash uchun hamma narsani qilaman”, — dedi Rossiya prezidenti.

    Mavzuga doir:

    • Bayden Putinni qotil deb atadi va “saylovlarga aralashgani” uchun o‘ch olish bilan tahdid qildi. Rossiya elchisi AQShdan chaqirib olindi. Umumiy ma’lumotlar
    • “Agar Putin Navalniyning koloniyada o‘lishiga qo‘yib bersa, ‘qotil’ degan nomni oqlagan bo‘ladi”. Dunyo matbuoti Navalniyni qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSh ham Rossiyani buning oqibatlari haqida ogohlantirmoqda
    • Putin va Baydenning sammiti Jenevadagi La Grange villasida bo‘lib o‘tadi, Putin sammitga o‘sha kunning o‘zida jo‘nab ketadi (foto va video)

    15.06.2021, 14:17   Izoh (0)   17446
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Velosiped qanday paydo bo‘lgan? Kundalik turmushdagi eng arzon va qulay transport vositasining rivojlanish tarixi

    15.06.2021, 12:10

    Yaman qirg‘oqlari yaqinida 250 dan ortiq muhojir cho‘kib ketdi

    15.06.2021, 10:14

    Lukashenko hozirgi vaziyatda belaruslarni quroldan foydalanishga o‘rgatishni taklif qildi

    15.06.2021, 09:30

    SSSR bilan urushda Germaniyaning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan xato ma’lum qilindi

    15.06.2021, 07:49

    Xitoy G7 sammiti ishtirokchilarining “tuhmati”ga norozilik bildirdi

    15.06.2021, 07:07

    Moskva ortidan Sankt-Peterburg ham COVID-19 cheklovlarini kuchaytirmoqda

    14.06.2021, 21:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.