• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Niqob taqmagan Braziliya prezidenti jarimaga tortildi, Britaniyada lokdaunni yumshatish bir oyga kechiktirildi, “hindcha” shtammning belgilari qanday? Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 175 966 572 kishiga yetdi, shulardan 3 804 259 kishi virus qurboniga aylandi. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (33,4 million), Hindiston (29,5 million), Braziliya (17,4 million), Fransiya (5,8 million) va Turkiya (5,3 million) eng oldinda bormoqda.

    Tokioda gortenziya gullari ochildi

    Tokioda gortenziya gullari ochildi
    Foto: AP Photo

    Braziliya prezidenti niqob taqmagani uchun jarimaga tortildi

    Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruga San-Paulu shtatida bo‘lib o‘tgan motopoygada niqob taqmagani uchun jarima solindi.

    Shtatda 2020-yil may oyidan buyon jamoat joylarida niqob taqmaganlik uchun taxminan 110 dollarga teng jarima jazosi amal qilib keladi.

    Bolsonaru niqobsiz holatda dastlab o‘z tarafdorlari qurshovida mototsiklda sayr qilgan bo‘lsa, so‘ng xalq bilan muloqotda bo‘ldi.

    Davlat rahbari fikricha, to‘liq emlangan odamlar niqob taqishi shart emas, chunki ular boshqalarga virus yuqtira olmaydi, buning aksini da’vo qiluvchilar esa ilm-fanga ishonmaydi.

    Ayni vaqtda AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi to‘liq emlangan odamlardan koronavirus yuqishi xavfini istisno qilmayapti.

    Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining 12 foizigina COVID-19’ga qarshi vaksinaning ikkala dozasini ham olgan. Aksariyat ekspertlar aholining katta qismi emlanganidan keyingina niqoblardan voz kechish mumkinligini aytmoqda.

    Mavzuga doir: Braziliya prezidenti koronavirusga qarshi qoidalarni buzgani uchun jarimaga tortildi

    Buyuk Britaniyada lokdaunni yumshatish to‘rt haftaga kechiktirildi

    Buyuk Britaniya hukumati koronavirus tarqalishi munosabati bilan kiritilgan cheklovlarni bekor qilishni to‘rt haftaga kechiktirishga qaror qildi.

    Bundan avval lokdaunni yumshatish 21-iyunga rejalashtirilgan edi. Bosh vazir Boris Jonson cheklovlarning amal qilish muddati uzaytirilganini tasdiqlashi kutilmoqda. Shundan keyin bu qaror Jamoatchilik palatasida ovozga qo‘yiladi.

    13-iyun holatiga Britaniyada 7490 kishida koronavirus tasdiqlandi, shularning 8 nafari vafot etdi. Mamlakatda kasallanish holatlarining 91 foizini “hindcha” shtamm tashkil etadi.

    Ayni vaqtda Buyuk Britaniya aholisining 41 milliondan ortig‘i bitta, 30 millionga yaqini esa ikkita dozada COVID-19’ga qarshi emlangan.

    Mavzuga doir: Britaniyalik olimlar koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgarganini aniqladi

    Koronavirusning “hindcha” shtammida simptomlar qanday bo‘ladi?

    COVID-19’ning mutatsiyasiga qarab asosiy simptomlar ham o‘zgarishi mumkin, dedi Rossiya Iste’molchilar huquqlari himoyasi va odam farovonligi sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya.

    Uning aytishicha, “hindcha shtamm”da qorin va bo‘g‘imlarda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, ishtahaning va hatto eshitish qobiliyatining yo‘qolishi kuzatilishi mumkin. Olima hind shifokorlariga tayanib, ma’lum qilishicha, bemorlarda ko‘pincha oyoqlar mikrotrombozi (bu gangrena rivojlanishiga olib kelishi mumkin) va diareya uchraydi, isitma, yo‘tal va hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi esa kamroq uchraydigan belgilar.

    Pshenichnayaning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda asosiy simptomlarning o‘zgarishi odamning ikkita virusni bir vaqtda yuqtirib olishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Mavzuga doir: Koronavirusning xavfliroq bo‘lgan to‘rtta shtammi eng ko‘p xavotir uyg‘otmoqda — JSST

    14.06.2021, 15:32   Izoh (0)   11706
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Texasda poyga mashinasi tomoshabinlar ustiga yurib ketishi oqibatida 29 kishi jarohat oldi (video)

    14.06.2021, 13:47

    G7 rahbarlari 2022-yilda pandemiyani yengmoqchiligini ma’lum qildi

    14.06.2021, 11:20

    12 yil davomida Isroil bosh vaziri bo‘lgan Binyamin Netanyaxu lavozimidan ketdi

    14.06.2021, 10:42

    Jeff Bezos bilan birga koinotga parvoz qilish uchun chipta 28 mln dollarga sotildi

    13.06.2021, 18:36

    Kim Chen In Janubiy Koreya musiqa va filmlariga qarshi urush e’lon qildi. “Key-pop”ni tinglagan shimoliy koreyaliklarni mehnat lagerlarida 15 yillik jazo kutmoqda

    13.06.2021, 17:35

    JSST COVID-19 kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruvning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    13.06.2021, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.