• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olmaliqdagi korxonada ayollar sababsiz ishdan bo‘shatilayotgani aytilgan xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi

    Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyatida ko‘p yillardan buyon ishlab kelgan ayollar sababsiz ishdan bo‘shatilayotgani, korxona darvozasi oldida bir guruh ayollar to‘planib turgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. “Ammofos-Maksam” videoda ishchilarning hech biri bilan mehnat munosabatlari to‘xtatilmaganini ma’lum qildi. Holat Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi deputatlari hamda XDP shahar kengashi raisidan iborat ishchi guruh tomonidan ham o‘rganildi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Aniqlanishicha, “Ammofos-Maksam” AJ bilan jami 99 nafar xodim kasanachi sifatida shartnoma tuzib, ishlab kelgan. Ular korxonaga qarashli bo‘lgan oshxona uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib bergan. 2021-yil 1-martdan oshxonalar autsorsing shartlari asosida mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga berilgan. G‘olib kompaniya esa zarur bo‘lgan mahsulotlarni uzoq muddatli shartnomalar asosida o‘z yetkazib beruvchilaridan sotib olishni afzal ko‘rgan.

    Natijada jami 99 nafar kasanachini ish o‘rinlarini qisqartirishga to‘g‘ri kelgan. Ulardan 47 nafari Olmaliq shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan. Korxonaning xodimlar boshqarmasi boshlig‘i Barno Mirsaidova bergan axborotga ko‘ra, 99 nafar kasanachidan 28 nafar ayollar tug‘ruq ta’tilida bo‘lganligi sababli bu qisqartirishga uchramasligi ta’kidlandi. Qolgan 71 nafar kasanachi qisqartirish bo‘yicha mehnat qonunchiligiga asosan, rasmiy ogohlantirilgan bo‘lib, ulardan 12 nafari ogohlantirish xatlariga o‘z roziligi bilan imzo chekkan. Qolgan 59 nafar kasanachi korxona tomonidan qisqartirilish holatiga rozilik bildirmagan.

    “Ammofos-Maksam” AJning boshqaruv raisi o‘rinbosari Jo‘ra Yusupovning ta’kidlashicha, hozirgi holatga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan barcha kasanachilar “Ammofos-Maksam”dan hali ishdan bo‘shatilmagan. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘z kuchida. Berilgan ogohlantirish davrida Mehnat kodeksida belgilangan tartibda o‘rtacha oylik ish haqi va boshqa imtiyozlar saqlanib qolingan.

    Korxona rahbariyati tomonidan ish o‘rinlari qisqartirilayotgan kasanachilarga tushuntirish ishlari olib borilganligi ta’kidlandi. Korxona yetakchi yurist-konsultanti Ulug‘bek Ergashev va kasaba uyushmasi raisi Nodir Tog‘ayevlarning ta’kidlashicha, xodimlarning qisqartirilishi bilan bog‘liq barcha jarayonlar belgilangan qonun doirasida amalga oshirilmoqda.

    “Deputatlar tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida korxona o‘z iqtisodiy manfaatlarini, eng avvalo iqtisodiy foydani ko‘zlashi tabiiy. Shunday bo‘lsa-da bizningcha, korxona qisqartirishga tushgan kasanachilarning mutaxassisligi va imkoniyatlarini chuqur tahlil qilgan holda korxonaning yaqin kelajakdagi ishchilarga bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilishi va imkon qadar mana shu kasanachilarni boshqa doimiy ishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqishi kerak”, — deyiladi XDP deputatlik guruhida.

    Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 11-iyun kuni Olmaliq shahar hokimligida shahar hokimi, xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi rahbari, deputatlar, sektor rahbarlari, “Ammafos-Maksam” AJ mutasaddilari, huquqshunoslar va boshqa mas’ullar hamda qisqartirishga tushgan kasanachilar ishtirokida muloqot tashkil etilgan. Yig‘ilishda har bir ayolning murojaatlari tinglanib, “Ammofos-Maksam” mas’ullari ham holat yuzasidan tushuntirish berib o‘tgan.

    Avvalroq Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ga ishga joylashish masalasi sabab bir guruh ayollar shahardagi yo‘lning qatnov qismi to‘sib qo‘ygandi. Holatni o‘rganib chiqqan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy bayonot bergandi.

    13.06.2021, 19:16   Izoh (0)   31807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergeli tumani hududida kuzatilayotgan badbo‘y hid yuzasidan 22 nafar mas’ulga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

    13.06.2021, 18:15

    Video: Namanganda do‘l yog‘ishining oldi olinmoqda

    13.06.2021, 17:14

    O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari Moskvada muzokara o‘tkazishi kutilmoqda

    13.06.2021, 16:13

    Buxoroda suvga cho‘kib ketgan maktab o‘quvchisining jasadi bir kundan keyin topildi

    13.06.2021, 15:16

    Andijonda ona bolasini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilmoqda

    13.06.2021, 13:35

    O‘zbekistonda Turkiyadan keluvchilarga qo‘yilgan karantin talabi bekor qilindi

    13.06.2021, 13:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.