Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida ayollar tomonidan yo‘lning qatnov qismi to‘silgani haqidagi fotosuratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Olmaliq kon metallurgiya kombinati (OKMK) axborot xizmati izoh berdi.

Foto: Telegram

Unga ko‘ra, Olmaliqning markaziy ko‘chasida to‘plangan ayollar shu yilning 1-aprel kuni Olmaliq shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kvota olishgan.

Holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ishtirokida o‘rganilmoqda. Yo‘lning qatnov qismi harakat uchun ochilgan. Vaziyat nazoratga olingani ma’lum qilindi.

Bundan avval Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida 1-sinfda o‘quvchi qiz YTH oqibatida vafot etgach, bir guruh ayollar 23-aprel kuni “Qarshi—Samarqand” yo‘lining Xo‘jaobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi qismini norozilik tariqasida to‘sib qo‘ygandi. Vaziyat Senat nazoratiga olingan.