Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

YouTube’dagi Woodworking Art kanalining muallifi va vyetnamlik bloger yog‘och bo‘lagidan Hyundai Santa Fe nusxasini yaratish jarayoni tasvirlangan video bilan bo‘lishdi. Usta 1:13 masshtabdagi yo‘ltanlamas modelini bir necha hafta davomida yaratgan bo‘lib, butun jarayonni 13 daqiqali rolikka joylashtirgan, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Vyetnamlik duradgor uchun avtomobillarning yog‘och nusxasini yaratish xobbi hisoblanadi, ammo erkak kichik model originaliga maksimal darajada o‘xshash bo‘lishi uchun qo‘l ostidagi barcha asbob-anjomlardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

Woodworking Art’dagi ishlar mayda detallarga ham e’tibor qaratilishi bilan kishini o‘ziga jalb etadi: bloger shina chiziqlari, g‘ildirak diskalaridagi suratlar yoki havo panjaralarining murakkab strukturasini chizishga erinmaydi.

Hyundai Santa Fe’ning yog‘och nusxasining “podveska”si ishlaydi, eshiklari, kapot va yukxonasi ochiladi, salonida markaziy tunnel, yechiladigan o‘rindiq va rul mavjud. Yaqindan buyon usta o‘z mashinalarini lak bilan qoplab, turli ranglarga bo‘yashni va oynalarni “tonirovka” qilishni boshlagan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Woodworking Art kanalining eng mashhur videosi Toyota Land Cruiser Prado nusxasini yaratish tasvirlangan rolik bo‘lib, uni qariyb 150 million kishi tomosha qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi