Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vyetnam sog‘liqni saqlash vaziri Nguyen Txan Long mamlakatda Hindiston hamda Buyuk Britaniya shtammlarining gibridlashgan yangi nusxasi aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar tarqatgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Vyetnam SSVning qayd etishicha, koronavirusning yangi nusxasi nihoyatda tez yuqadi va nisbatan xavfliroq. Taxminlarga ko‘ra, mazkur shtammning paydo bo‘lishi Vyetnamda koronavirusga chalinganlar sonining keskin oshishiga olib kelgan, mamlakatda “britancha” shtamm aniqlanguniga qadar aholini ommaviy ravishda testlash va keskin karantin choralari sababli COVID-19 bilan xastalanish darajasi nisbatan past edi.

Jons Hopkins universiteti taqdim qilgan statistik ma’lumotlar bo‘yicha Vyetnamda pandemiya davri davomida 6,5 mingdan ziyod odam koronavirusga chalingan va 47 nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan. Mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangan va 1 million doza vaksinadan foydalanilgan.

Buyuk Britaniya shtammi 2020-yil oxirida paydo bo‘lgan. Mutaxassislar “britancha” shtamm bilan kasallangan bemorlarda kasallikning og‘ir bosqichlarigacha bormasligi, biroq kasallikning boshqalarga yuqish ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

Hindiston shtammi esa mamlakatda apreldan buyon COVID-19 inqirozini vujudga keltirgan, kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni ham keskin oshgan. May oyida Hindistonda kasallikka chalinish ko‘rsatkichi bir sutkada 400 mingtagacha yetgan va bu dunyo bo‘yicha rekord ko‘rsatkich. Kasalxonalar yuklamaga dosh bera olmayapti, vafot etgan bemorlarning jasadi gulxanda yoqilib, daryoga oqizilmoqda. Apreldan beri nisbatan kamroq kasallanish 28-mayda kuzatildi va shu kuni Hindistonda bir sutka ichida COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha 186 364 ta yangi holat qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi