Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning farzandlari birinchi marta Forbes jurnalining eng boy merosxo‘rlar reytingiga kiritildi.

Foto: DR

Foto: DR

Forbes Durovning boyligini 17,2 milliard dollarga baholagan, bundan kelib chiqib uning har ikkala farzandiga (qizi va o‘g‘li) 8,6 milliard dollardan “potensial meros” to‘g‘ri keladi. Durovning farzandlari darhol reytingning oltinchi qatoridan joy oldi. Forbes Durovning bolalari kiritilgan yangi tahrirni 28-may kuni veb-saytda nashr etishni va’da qilgan.

Meros hajmi bo‘yicha reytingda milliarderlarning farzandlari orasida “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperovning o‘g‘li Yusuf 18 milliard dollar bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

2021-yil aprel oyida Forbes milliarderlarning yillik jahon reytingi yangi tahririda Durovni Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) eng boy ishbilarmonlari orasida birinchi o‘ringa qo‘ygan edi. 2021-yilgi reytingda Durovning boyligi 17,2 milliard dollarga baholandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 13,8 milliard dollarga ko‘p.

Biroq bir necha kundan so‘ng nashr Pavel Durovni Birlashgan Arab Amirliklarining milliarderlar ro‘yxatidan chiqarib, Rossiya ro‘yxatiga ko‘chirib o‘tkazdi. U “Nafta Moskva” asoschisi va “Polyus” oltin qazib olish kompaniyasining nazorat paketiga egalik qiluvchi Sulaymon Kerimov oilasini ortda qoldirib, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Forbes bo‘yicha sayyoradagi eng boy odamlarning umumiy ro‘yxatida Durov 112-o‘rinda turibdi. Bir yil davomida uning boyligi 13,8 milliard dollarga o‘sgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi