Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinda “BATE” 29-may, shanba “Slaviya” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv borisovliklarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “BATE” safida Maksim Skavish dublga erishgan bo‘lsa, yana bir golni o‘zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov kiritdi. Shahboz 43-daqiqada jarima zarbasidan ajoyib tarzda darvozaning to‘qqizligini aniq nishonga oldi.

Shahboz Umarovning golini bu yerda ko‘rish mumkin — video.

Ushbu g‘alabadan keyin “BATE”ning ochkolari soni 26 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Belarus chempionati

11-tur bahsi

29-may, shanba

“BATE” – “Slaviya” 3:0

Gollar: 1:0 – 17 Skavish, 2:0 – 43 Umarov, 3:0 – 58 Skavish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...