Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26-may, chorshanba kuni Turkmaniston termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Foto: O‘FA

Turkmanistonning talabiga binoan yopiq tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda O‘FA matbuot xizmatining yozishicha, O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarga Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov mualliflik qilgan.

Qayd etish joiz, uchrashuvga faqat ikki tomonning rasmiylari kiritilgan. Bellashuvning qayerda o‘tkazilgani ham noma’lum.

O‘rtoqlik uchrashuvi

26-may, chorshanba

O‘zbekiston — Turkmaniston 2:1

Gollar: Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov.