• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ekskavator kovshlari bilan mulkimizni buzib, buni qonuniy harakat deb atashmoqda” — reklama agentligi direktori Toshkentdagi bannerlarning buzilishi haqida

    Toshkent shahrida reklama konstruksiyalarini noqonuniy buzib tashlash ishlari davom etmoqda. Bugungi kunda 700 dan ortiq reklama bannerlari olib tashlangan. Humo Media agentligi 20 ga yaqin banneridan ayrilgan, deb xabar beradi “Podrobno”.

    Foto: “Podrobno”

    Foto: “Podrobno”

    “Biznes sekin-asta to‘xtayapti. Hozirda Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalaridagi bannerlar buzilmoqda. Yaxshi holatda boltlarni kesishmoqda va bilbordni omborga olib ketish mumkin. Lekin konstruksiyalarning ekskavatorlar yordamida buzib, mulkka zarar yetkazish holatlari ham uchrab turibdi. Tadbirkorlar hatto hujjatlar va pasport bilan ham biror nimaga erisha olmayapti. Eng muhimi, mazkur vaziyatda mahalliy hokimiyat tomonidan hech qanday hujjat taqdim etilmayapti. Ekskavator kovshlari bilan mulkimizga zarar yetkazib, buni qonuniy harakat deyishmoqda”, — deydi Humo Media direktori Saveliy Sokolov.

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori bilan reklama bannerlarini talablarga mos ravishda sozlash, shuningdek, shaharning markaziy ko‘chalaridagi an’anaviy konstruksiyalarni yorug‘lik diodli ekranlarga almashtirish talab etiladi. Ushbu ko‘chalar ro‘yxati poytaxt hokimligi tomonidan tasdiqlanadi. Sokolovning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat vakillaridan biror kim reklamachilarga ushbu ro‘yxatni taqdim etmagan.

    “Biroq nima bo‘lganda ham reklama bannerini olib tashlash uchun sud qarori kerak. Mazkur qarorni ishlab chiqish vaqtida ayrim shaxslar sudning reklama konstruksiyalarini buzish jarayonida ishtirokini chiqarib tashlashni talab qilgandi. Umuman olganda, hukumat shundoq ham usiz harakat qilishga qaror qildi”, — deya ta’kidlaydi Humo Media direktori.

    Reklama konstruksiyalari tadbirkorlarning xususiy mulki hisoblanadi. Uning ma’lum qilishicha, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga murojaat qilinadigan bo‘lsa, bilbordlarni buzish orqali keltirilgan zarar qoplab berilishi kerak. Ammo o‘z mulkini himoya qilish uchun kelgan tadbirkorlarga “tepadagi” noma’lum shaxslarning buyrug‘ini bajarib, o‘zlarining xatti-harakatini hatto aniq asoslab bera olishmayotgan bir paytda qanaqa kompensatsiya haqida gap bo‘lishi mumkin?

    Sokolovning so‘zlariga ko‘ra, reklama bannerlarini buzishda turli bahonalardan foydalanilmoqda. Birinchi navbatda bannerlarni buzayotganlar ushbu konstruksiyaning noqonuniyligini asoslashga urinmoqda. Biroq tegishli hujjatlar namoyish etilgandan so‘ng ular LED-ekran o‘rnatish to‘g‘risidagi farmon talablari bajarilmaganini ko‘rsatmoqda. Ayrim ko‘chalarda LED-displeylar o‘rnatish talab etilmasligi ta’kidlangan holatlarda esa ular shunchaki yelka qisyapti.

    “Ichki ishlar ushbu vaziyatga hech qanday chora ko‘rmayapti. Huquq-tartibot organlari xodimlari chaqiruv reklama bannerlarining buzilishiga bog‘liq ekanligini bilgach, arizani shunchaki bekor qilib, ketib qolmoqda yoki o‘zingni jamoat tartibini buzganing uchun olib ketyapti. Mazkur buzilishlarga qonuniy baho berishni so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qildim. Javobini kutyapman. Ijoyib javob bo‘lmasa, keyingi instansiya sud bo‘ladi”, — deydi Saveliy Sokolov.

    Avvalroq tadbirkorlar Toshkentda reklama konstruksiyalarining noqonuniy buzilishini to‘xtatishni so‘rab Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagandi.

    “Shaxsan o‘zim bozorni tartibga solish, shaharni tozalash tarafdoriman. Toshkentda juda ko‘p noqonuniy konstruksiyalar, chiqindilar bor. Ammo keling, barchasini rasmiy, qonun va hujjatlarga asosan, boshqa variantlarni taqdim etgan holda amalga oshiraylik”, — deydi Humo Media rahbari.

    Mavzuga doir: Toshkentdagi tashqi reklama obyektlari nega buzilmoqda? Har bir soha mutasaddilari bunga javob berdi

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 8-apreldan boshlab reklama konstruksiyalarini ommaviy buzib tashlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tashqi reklama obyektlarining egalari konstruksiyalar qonun bo‘yicha o‘rnatilgani, “snos” bo‘yicha ko‘rsatma “yuqoridan” bo‘lganini ma’lum qilgan. Tadbirkorlar hozirga qadar 300 dan ortiq bannerlarni olib tashlagan hukumatning harakatini noqonuniy deb atab, bu borada tushuntirish talab qilmoqda.

    Savdo-sanoat palatasi reklama bannerlari nima sababdan buzilayotganiga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent hokimligiga so‘rov yubordi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahrida joylashgan 6630 ta konstruksiyaning 3207 tasi yoki 50 foizga yaqinida kamchilik aniqlanganini ma’lum qildi.

    Aprel oxirlarida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev huquq-tartibot idoralari poytaxtda noqonuniy reklama konstruksiyalari paydo bo‘lgani, lekin bunga hech kim e’tibor bermaganiga huquqiy baho berishi kerakligini aytgandi.

    25.05.2021, 22:46   Izoh (0)   29628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonlik maynerlar soliqlar sabab O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishi mumkin

    25.05.2021, 22:22

    O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan ikkita qishloq rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi

    25.05.2021, 22:10

    Shavkat Mirziyoyev o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    25.05.2021, 21:27

    Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    25.05.2021, 21:13

    “Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisidir”. Mashhurlardan bitiruvchilarga tilaklar

    25.05.2021, 20:35

    UzReport TV telekanali Beeline’ni sudga berdi

    25.05.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.