Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun qo‘mitaning Milliy kinologiya markaziga press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida jurnalistlar markazning o‘quv-o‘rgatuv majmuasidagi o‘quv xonalar, veterinariya xizmati, xizmat itlari pitomnigi, tug‘ruq majmuasi, amaliy mashg‘ulotlar maydonida bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Madina Nurman ushbu press-turdan reportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘quv-o‘rgatuv majmuasi

Markazda boshlang‘ich, malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan. Majmuadagi xonalar markazda xizmat itlarini tayyorlash bo‘yicha yo‘nalishlarga mos maxsus jihozlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jumladan, bu yerda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat itlari tayyorlanadi:

  • giyohvandlik vositalarini qidirish;
  • qurol-yaroq, o‘q-dori va portlovchi moddalarni qidirish;
  • antiterror;
  • iz-qidiruv;
  • himoya-qorovul xizmati;
  • qidiruv-qutqaruv xizmati;
  • valyuta qimmatliklarini qidirib topish;
  • mina qidiruv;
  • tamaki mahsulotlarini qidirish;
  • o‘simliklar urug‘larini qidirish bo‘yicha yangi yo‘nalish o‘zlashtirildi.

Hozirda shularning 4 tasi bojxona organlarida, qolganlari boshqa vazirlik-idoralar: Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va karantin inspeksiyasining buyurtmasi asosida tayyorlanadi. Ana shu buyurtmalarga asosan 136 nafar kinologlar tegishli yo‘nalishda o‘qitilib, 136 bosh xizmat itlari tayyorlab berilgan. 2021-yilning o‘zida kinologlarni o‘qitish bo‘yicha bojxona organlari 200 ta, IIV 46 ta, Milliy gvardiya 50 ta, karantin inspeksiyasi 5 ta so‘rov bergan.

Fakt. Bitta it faqatgina bitta yo‘nalishda tayyorlanadi.

Xizmat itiga qo‘yilgan haykal.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar kirgan giyohvand moddalarini qidirish bo‘yicha maxsus jihozlangan xonada amaliyotda duch kelingan transport vositalari, avtotransport vositalaridagi holatlarga o‘xshatib jihozlangan stendlar, giyohvand moddalarining turlari, o‘quvchi-kursantlarga xizmat itining tuzilishini tanishtirish uchun o‘rnatilgan it skeleti va boshqa ma’lumotlar o‘rin olgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qurol-yarog‘, o‘qdori va portlovchi vositalar xonasida, tabiiyki, qurollarning turlari, tasnifi bo‘yicha ma’lumotlar aks etgan. Ma’lum qilinishicha, o‘quvchi-kursantlar tushgacha nazariy, tushdan so‘ng amaliy o‘quv-mashg‘ulotlari bilan band bo‘ladi. 2008-yilda Jahon bojxona tashkiloti tomonidan markazga mintaqaviy maqomi berilgach, bu yerda 2011-yildan boshlab Afg‘oniston, Tojikiston, Eron, Pokiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Armaniston kabi davlatlarning 180 dan ortiq kinologlari o‘qitilgan.

2018—2019-yillarda markazda Tojikiston, Armaniston davlatlari bojxona xizmati xodimlari o‘qib ketgan. Avstriya, Fransiya, Latviya, Rossiya, Janubiy Koreya kinolog mutaxassislari bilan tajriba almashib kelinadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kutubxona

Kutubxonada xizmat itlarini tayyorlash, parvarishlash, oziqlantirish bo‘yicha 300 dan ortiq adabiyotlar bor. Biroq markaz direktori Abdurahmon Tursunov buning yetarli emasligini va yaqin orada Rossiya bilan aloqalar orqali ularni boyitish reja qilinganini aytdi. Markaz mutaxassislari 2015-yilda Kinologiya asoslari kitobini ishlab chiqqan.

Markaz direktori Abdurahmon Tursunov. Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Imitatsiya xonasi

Imitatsiya xonasi aeroportning yuk chiqadigan hududining to‘liq nusxasi sanaladi. Bu yerda itlarning qulog‘i o‘sha muhitga o‘rganishi uchun aeroport shovqini hamda ovozlari yozib olingan holda qo‘yiladi. So‘nggi yangiliklardan biri sifatida karantin inspeksiyasi so‘rovi asosida itlar endilikda chet eldan noqonuniy olib kirilayotgan yoki chiqib ketayotgan o‘simlik urug‘larini ham izlab topishga o‘rgatilayotganini qayd etish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Inson huquqlarini poymol qilmaslik maqsadida barcha itlar passiv holatda tayyorlangan. Ya’ni ular yo‘lovchilarning yuklari ichidan noqonuniy buyum topgan taqdirda yuklarni titkilamasdan yarim yoki bir metr masofada o‘tirib egasiga bu haqda ishora qiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Noqonuniy olib ketilayotgan” bodring urug‘ini izlab topish jarayoni.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Valyuta qimmatliklari, Tamaki mahsulotlari, O‘simliklar urug‘larini qidirish kabi yangi soha yo‘nalishlariga ham katta e’tibor berilmoqda.

Valdis Bikovskis, latviyalik kinolog-mutaxassis

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 2 yil avval ham ishlab ketganman. Kinologiya mashaqqatli va og‘ir kasb. Bu yerda kun emas, soat, yillar davomida shakllanadi. Tashqariga chiqib yaxshi natija ko‘rsatish uchun bu yerda soat va kunlab ishlash lozim.

Valdis Bikovskis, latviyalik kinolog-mutaxassis

Faoliyati davomida eng ko‘p giyohvand moddalarini aniqlab bergan nemis ovcharkasi zotiga mansub xizmat itining kompyuter yordamida gilamga tushirilgan surati. Direktor 2017-yilda barcha itlar yig‘ilib, esdalik uchun suratga olinganini qayd etdi. Ushbu gilam ham ana shu esdaliklardan biri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hozirda 20 nafar Milliy gvardiya harbiy kinologlari antiterror, qidiruv yo‘nalishlarida xizmat itlarini tayyorlamoqda. Xodimlar maxsus testdan o‘tgan, har 10 kunda bilimlari sinaladi, o‘qish yakunida 30 savoldan iborat turli variantli onlayn test olinadi. Ikkitadan ortiq xato qilgan xodim testdan o‘tmagan hisoblanadi. Ularning xizmat itlari chetdan sotib olinmagan, balki markazning o‘zida parvarishlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Veterinariya

O‘zbekiston Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish to‘g‘risida” 21-son qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kinologiya federatsiyasi, “O‘zbek bo‘ribosarlari” zotini saqlash jamiyati, Samarqand veterinariya tibbiyot instituti hamda Ichki ishlar vazirligi o‘quv markazi bilan markaz o‘rtasida kinologiya sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangan. Memorandum doirasida veterinariya va zootexnik mutaxassisligiga ega bo‘lgan markazning 32 nafar xodimi 2020-yilda Toshkent davlat agrar universitetida “Xizmat itlarini parvarishlashda va ularda uchraydigan kasalliklar, ularni oldini olish, zamonaviy usullarda davolash” mavzusida, 2 nafar xodimi 2021-yil fevral oyida Samarqand veterinariya tibbiyot institutida malaka oshirdi. Ushbu qarorga asosan markaz Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlariga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatib kelinmoqda. Shu bilan birga, degelmintizatsiya, ektoparazitlarga qarshi ishlov berish, o‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash bo‘yicha maxsus tadbirlar olib boriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nemis ovcharkasi zotidagi 2,5 oylik Reks laqabli it bolasining egasi Umida Ro‘zmetova uni quloq va ko‘zlarini tozalatish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

UTT apparati itning homiladorligi, bolasining necha oylikligini bilish uchun ishlatiladi. So‘nggi jarrohlik amaliyotlaridan birida mustaqil tug‘a olmagan it kesarcha kesish usulida tug‘dirib olingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Laboratoriyada dastavval itning umurtqa displaziyasi ko‘riladi. Standartga javob bergandagina urchitib, bola ko‘rishga tayyorlanadi. Talabga javob bermagan itlar xizmatdan chetlatiladi. Shuningdek, bu yerda qon, siydik va boshqa shu kabi tahlil namunalari olinadi, rentgen qilinadi. Kinologlar itiga qanchalik yaxshi qarab, parvarishlagani shu yerda ko‘zdan kechiriladi. Tahlillarga ko‘ra itiga yaxshi qaramagani aniqlangan kinologga chora ko‘riladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tug‘ruq majmuasi.

Tug‘ruqqa 10 kun qolganda itlar ichkaridagi alohida xonalarga olib kiriladi. Doimiy veterinar-inspektor qolib, ularni nazorat qiladi.

Bu yerda itlar dunyoga kelgach, 2 oygacha ona itning yonida bo‘ladi, uni emadi. Shundan so‘ng onasidan ajratilib alohida parvarishlanadi. Onasidan ajratilganidan so‘ng itlar yolg‘izlikdan ruhan tushkunlikkacha tushmasligi uchun, dastlab, it bolalari bir qafasda 5-6 tagacha, 4 oylikdan so‘ng esa 2 tagacha boqiladi. Shundan keyingina yakka holda boqiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nemis ovcharkasining 20 kunlik bolasi jurnalistlar qurshovida.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oshxona.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ovqatlantirish ratsioni.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

It bolalarining ozuqalari saqlanadigan sovutgich

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Amaliy mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markazda o‘rgatish uchun Rus spaniyeli, Ingliz kokker spaniyeli, Amerika kokker spaniyeli, Velshteryer, Yagdteryer, Bigl, Foks-teryer, Nemis ovcharkasi, Belgiya ovcharkasi, Kavkaz ovcharkasi, Sharqiy Yevropa ovcharkasi, O‘rta Osiyo ovcharkasi, Labrador, Rotveyler, Kursxaar, Doberman, Rizenshnautser it zotlari qabul qilinadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xizmat itlari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, dala sharoitini to‘la-to‘kis o‘zida aks ettiruvchi mashq maydonlari, turli to‘siqlar hamda qidiruv mashqlarini o‘tkazish uchun moslamalar, temiryo‘l vagoni, teploxod, samolyot, konteynerlar, yengil va yuk avtoulovlari, avtobus, sun’iy xarobalar, tog‘-toshli relyef, bojxona nazoratidan o‘tkazish punkti maketlari yaratilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘tgan yillar davomida markazda bojxona organlarining 860 nafar kichik-inspektor kinologlari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitilib, 860 bosh xizmat itlari tayyorlab berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bojxona organlari xizmatida foydalanilmaydigan it zotlarini ko‘paytirish va aholiga sotish ishlarini tashkil etish maqsadida, markazga Bigl va Sibir Xaskisi zotiga mansub itlar olib kelinib, ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaz direktori Abdurahmon Tursunov OAV uchun brifing o‘tkazmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jinoyatchini ushlash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xizmat iti yo‘lovchi tashish avtomobili ichidagi jinoyatchini ushlash uchun yugurib ketmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xizmat itlari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

It passiv holatda o‘tirgan holda giyohvandlik moddasini topganiga ishora qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

It aktiv holatda valyutani topganiga ishora qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

It passiv holatda o‘tirgan holda valyutani topganiga ishora qilmoqda. Inson huquqlarini poymol qilmaslik maqsadida markazning barcha itlari passiv holatda tayyorlangan. Ya’ni ular yo‘lovchilarning yuklari ichidan noqonuniy buyum topgan taqdirda yuklarni titkilamasdan yarim yoki bir metr masofada o‘tirib egasiga bu haqda ishora qiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

It passiv holatda o‘tirgan holda giyohvandlik moddasini topganiga ishora qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

It o‘tirgan joyida qotdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Alimardonov Nuriddinga tegishli Tarzan laqabli it umumiy mashq kursini o‘tab, sertifikatga ega bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumot o‘rnida

Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi 1996-yilda Vazirlar Mahkamasining 364-sonli qaror bilan tashkil etilgan. 25 yilligini nishonlayotgan Milliy kinologiya markazi noyob va Markaziy Osiyoda yagona muassasa hisoblanadi. Markaz zimmasiga O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya xizmatlarini uslubiy ta’minlash, malakali kinologlarni va nasldor xizmat itlarini tayyorlash va qayta tayyorgarlikdan o‘tkazish kabi vazifalar yuklatilgan. O‘tgan davr mobaynida bu yer nafaqat respublika, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida kinologlar va xizmat itlarini tayyorlovchi tayanch o‘quv markaziga aylandi. Markaz faoliyati Birlashgan millatlar tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilib, 2008-yilda Jahon bojxona tashkiloti tomonidan mintaqaviy kinologiya markazi maqomi berilgan.

Sohadagi yangiliklar: 2020-yildan itlarga sharqona laqablar qo‘yish boshlangan. Xizmat itlarining barchasiga ularni adashtirib qo‘ymaslik, xavfsizligini ta’minlash uchun terisining ostiga 8-10 yillik xizmat davrida kapsula shaklidagi 1 grammlik elektron chip o‘rnatilgan.