Toshkent shahar Yangihayot tumanida muqaddam mast holatda mashina boshqargani uchun transport boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxs rulga o‘tirib, YTH sodir qildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, Yangihayot tumani Yangihayot ko‘chasida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Bundan avval Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH yuz bergani, Namanganda Gentra 10 yoshli qizni urib yuborgani hamda Jizzaxda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 3 ta Nexia va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgani haqida xabar berilgandi.