• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ba’zi vaksinalar mamlakatlarga pandemiyadan tezroq chiqishga yordam bermoqda — Bloomberg

    Dunyo bo‘ylab yuz millionlab odamlar bugunga kelib COVID-19’ga qarshi emlanib bo‘lgan, endi aholisining katta qismi vaksina olgan mamlakatlarda virus tarqalishi pasayishni boshlashi kerak, ammo hamma joyda ham bunday bo‘lmayapti, deb yozadi “Gazeta.uz” Bloomberg’ga tayanib.

    Foto: USA Today

    Foto: USA Today

    Nashr qayd etishicha, ikki xil tendensiya kuzatilmoqda: masalan, Isroilda vaksinatsiya qamrovi oshib borgani sari, koronavirus bo‘yicha yangi holatlar soni qisqarmoqda, Seyshel orollarida esa (u yerda emlangan aholi ulushi boshqa har qanday mamlakatdagidan ko‘proq) kasallanish darajasi o‘sishda davom etmoqda.

    Bloomberg fikricha, buning sabablaridan biri vaksinalarning har xil turlaridan foydalanish bo‘lishi mumkin. Moderna yoki Pfizer/BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan RNK-vaksinalar (ribonuklein kislotasi asosidagi vaksinalar) infeksiyaning yuqishini pasaytirishda yordam berib, kasallanishni yaxshiroq to‘xtatadi. Boshqa vaksinalar COVID-19 oqibatida og‘ir kasalliklar va o‘lim yuzaga kelishining oldini olishda samarali bo‘lsa-da, unchalik darajada afzallikka ega bo‘lmasligi mumkin, deya taxmin qiladi nashr.

    The Lancet jurnalida chop etilgan, Isroilda Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan millionlab odamlarning ma’lumotlari ustida olib borilgan tadqiqot ko‘rsatishicha, ushbu vaksina koronavirusning simptomsiz holatlarining 90 foizdan ortig‘ining oldini olishda yordam bergan. Vaksinaning simptomsiz infeksiya yuqishini to‘xtatish qobiliyati “jamoaviy immunitet imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlovchi omil” hisoblanadi, dedi Yangi Janubiy Uels universiteti (Avstraliya) epidemiologi Rayna Makintayr.

    “Shu tariqa, mamlakat qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan vaksinalar hamma narsaga: niqob taqish va ijtimoiy masofalanish siyosatidan tortib chegaradagi cheklovlarning bekor qilinishi va iqtisodiyotning qayta tiklanishigacha ta’sir qiladi, chunki kasallanish holatlarining kunlik hisoboti hukumat qarorlarida hisobga olinadi. Odamlar uchun bu pandemiyagacha bo‘lgan erkinliklarini qanchalik tez qayta tiklashini belgilab berishi mumkin”, — deyiladi maqolada.

    Bittadan ko‘p vaksina mavjud bo‘lgan mamlakatlarda samaradorlikdagi farqlar ma’lum bir vaksinalarning afzal ko‘rilishiga olib kelmoqda. Masalan, Filippinda immunizatsiya markazlaridan birining yaqinida Pfizer vaksinasini olish istagidagi olomon to‘plangach, markazlarga qanday vaksina bilan emlash ishlarini olib borayotganini ma’lum qilmaslik buyurildi.

    Maqola mualliflari AQShdagi vaziyatni ham misol qilib keltirmoqda, u yerda aholining qariyb 40 foizi RNK-vaksinalar bilan emlangan bo‘lib, yangi kasallanish holatlari soni so‘nggi to‘rt oy ichida 85 foizdan ziyodroqqa pasaydi. Yaqinda esa to‘liq emlangan amerikaliklarga niqob taqmaslik va ijtimoiy masofaga rioya qilmaslik uchun ruxsat berildi.

    Aholisining 60 foizga yaqini Pfizer bilan to‘liq emlangan Isroilda ham cheklovlar asta-sekinlik bilan bekor qilindi — mamlakatda yangi holatlar soni yil boshida qayd etilgan kuniga 8000 tadan 50 tagacha tushdi. Aholining 30 foizi, asosan, RNK-vaksinalar bilan emlangan Qatarda va Maltada ham yangi kasallanish holatlari kamaymoqda.

    Bloomberg qayd etishicha, mavjud RNK-vaksinalarni juda past haroratda saqlash talab etiladi, bu esa ulardan transport va vaksina infratuzilmasi yaxshi bo‘lmagan mamlakatlarning foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Mualliflar fikricha, bu ko‘pchilik mamlakatlar RNK asosidagi emas, balki adenovirus vektorli vaksina — AstraZeneca’dan tortib, koronavirusning faolsizlantirilgan (o‘ldirilgan) shaklidan foydalanuvchi Sinopharm va Sinovac Biotech Xitoy vaksinalarigacha bo‘lgan dorilarga umid bog‘lamoqda.

    Vaksinalarning ushbu an’anaviy turlari klinik sinovlarda simptomli COVID-19’ning oldini olish bo‘yicha 50 foizdan 80 foizgacha samaradorlik ko‘rsatgan, RNK-vaksinalarda esa bu ko‘rsatkich 90 foizga teng. Bu vaksinalarning virus tarqalishini to‘xtatish qobiliyati bo‘yicha hozircha ma’lumotlar kam, ammo u pastroq bo‘lishi mumkinligidan darak beruvchi belgilar bor, deya qo‘shimcha qiladi nashr.

    Seyshel orollari aholisining taxminan 65 foizini AstraZeneca va Sinopharm dorilari bilan to‘liq emladi, ammo shu oydayoq yangi kasallanish holatlari bir hafta ichida tez ko‘paydi, kasallanganlarning 37 foizi vaksinaning ikkita dozasini ham olib bo‘lgan. Kasallanishning avj olishi hukumatni maktablarni yopishga, sport tadbirlarini bekor qilishga va uydagi mehmondorchiliklarni taqiqlashga majbur qildi. To‘liq vaksinatsiyadan o‘tgan odamlarning qariyb 60 foizi Sinopharm, qolganlar — AstraZeneca vaksinasini olgan.

    Ayni vaqtda shu narsa ochiq-oydinki, ma’qullangan vaksinalarning barchasi kasallikning og‘ir kechishi yoki o‘lim holatlari xavfini kamaytiradi, bu esa kasalxonalarga yuklamani kamaytiradi. Yengil shakldagi COVID-19 holatlari tarqalishi bilan birga olib borilgan vaksinatsiya ham jamoaviy immunitet paydo bo‘lishida yordam berishi mumkin.

    “Infeksiyaga qarshi immunitet kamroq, ammo og‘ir simptomlar rivojlanishiga qarshi immunitet ko‘proq bo‘lgan mamlakatlarda asosan kasallikning yengil kechishini chaqiradigan virus aylanib yuribdi, bu esa immunitetni kattaroq darajagacha oshiradi”, — deya Bloomberg Gonkong universiteti epidemiologi Ben Koulingning gaplaridan iqtibos keltiradi.

    O‘zbekistonda bugungi kunda ZF-UZ-VAC2001 (rekombinant) Xitoy—O‘zbekiston vaksinasi, shuningdek, AstraZeneca (CoviShield, Hindistonda ishlab chiqarilgan) va Rossiyaning “Sputnik V” (ikkalasi ham adenovirusli vektor asosida) vaksinalari bilan emlanish mumkin. Ayni vaqtgacha mamlakatda 1,5 milliondan ortiq odam emlangan, shularning 1,15 millioni birinchi, 358,1 ming nafari esa ikkinchi dozani olgan.

    21.05.2021, 14:45   Izoh (0)   23037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya orqali Yevropaga olib o‘tilayotgan 810 kg giyohvand moddalar musodara qilindi

    21.05.2021, 11:43

    Putin G‘azo sektoridan Rossiya va MDH fuqarolarini evakuatsiya qilishni buyurdi

    21.05.2021, 10:42

    Falastin tashqi ishlar vazirligi Isroil tomonidan o‘t ochishning to‘xtatilishi yetarli emasligini aytdi

    21.05.2021, 09:41

    Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib oldi

    21.05.2021, 09:26

    AQShda noxush tovush chiqaruvchi zararkunanda hasharotlar 17 yillik uyqudan uyg‘ondi (foto va video)

    21.05.2021, 07:48

    “Faqat haqiqat, misqoldek ham yolg‘on ortiqcha”. Bolalar adabiyotida inqilob yasagan Anni Shmidt

    20.05.2021, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.