Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 1,5 mln dozadan oshdi

O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 49 930 kishi COVID-19’ga qarshi emlangan

1 daqiqa o‘qish27 608 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 20-may kuni jami 49 930 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 14 615 nafari birinchi bosqichda, 35 315 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda emlangan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1 512 421 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 358 108 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 154 313 kishini tashkil etmoqda.

20-may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni;
  • Farg‘ona viloyati (7810 doza),
  • Namangan viloyati (6011 doza),
  • Andijon viloyati (5491 doza) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
  • Farg‘ona viloyatida 204 065 doza,
  • Andijon viloyatida 189 110 doza,
  • Namangan viloyatida 168 835 dozani tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni O‘zbekistonga o‘zbek—xitoy vaksinadan 1 million doza, 19-may kuni 500 ming doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3,5 million dozaga yetgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar