Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Arsenal” 19-may, chorshanba kuni “Kristal Pelas” bilan to‘qnash keldi.
Uchrashuvda umumiy hisobda 4 ta gol urildi. 35-daqiqada Nikolya Pepe “Arsenal”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Kristian Benteke muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo 90+1 va 90+5-daqiqalarda “to‘pchilar” ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Pepe dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Gabriel Martinelli ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Arsenal”ning ochkolari 58 taga yetdi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Kristal Pelas” (44) 13-pog‘onani band etgan.
APL
37-tur bahsi
19-may, chorshanba
“Kristal Pelas” — “Arsenal” 1:3
Gollar: 0:1 – 35 Pepe, 1:1 – 62 Benteke, 1:2 – 90+1 Martinelli, 1:3 – 90+5 Pepe.“Kristal Pelas”: Guaita, Keyhill, Tomkins, Mitchell, Uord, Kuyate, Shlupp, Taunsend, Makkarti (Ridevald, 82), Zaa, Benteke (Ayyu, 79).
“Arsenal”: Leno, Tirni (Jaka, 78), Chembers, Holding, Gabriel, Smit Rou, Saka (Edegor, 65), en-Nenni, Parti (Martinelli, 78), Pepe, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Shlupp (5), en-Nenni (37), Benteke (37).
Izoh (0)