Dunyoning turli nuqtalarida 18-may kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Vashingtonda qizil ko‘zli sikada 17 yil yer ostida yashaganidan keyin yer ustiga chiqdi va darhol o‘ljaga aylandi.

Foto: EPA

Hindistonning g‘arbiy qirg‘oqlariga “Ajdarho tili” nomli kuchli siklon urildi. Hozircha tabiiy ofat oqibatida 20 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Hind meteorologlarining aytishicha, siklon oxirgi 20 yillikdagi eng kuchlisi bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Toshkentga 18-may, seshanba kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozadan iborat navbatdagi partiyasi Xitoydan olib kelindi. Vaksina qutisida uni qanday haroratda saqlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Tehronda Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi vaqtida namoz o‘qiyotgan ayollar ichida yurgan bolakay.

Foto: EPA

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasidagi islohotlarning Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning viloyat, tuman va shahar quyi bo‘g‘inlari hamda mahalliy ijro idoralari tomonidan qay darajada amalga oshirilayotganiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qayd etib qo‘ymoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Italiyadagi turoperatorlar hukumatdan moliyaviy yordam so‘rab ko‘chalarga chiqdi.

Foto: EPA

Bangkokda buddist rohiblarni koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlandi.

Foto: EPA

Hindiston g‘arbiga urilgan siklon oqibatida mashina ustiga qulagan daraxt.

Foto: AP Photo

Ispaniya hukumati muhojirlarning rekord darajadagi oqimidan keyin armiyani Seuta shahriga safarbar qilishga qaror qildi. Shahar hududiga dengiz orqali kuniga 5 mingdan ortiq odam kelgan.

Foto: EPA

Bir necha oy davom etgan lokdaundan so‘ng kafe tashqarisida qahva ichayotgan erkak. Buyuk Britaniya hukumati pablar, restoranlar va kafelarning qayta ochilishiga ruxsat berdi.

Foto: Getty Images

Lyuis Xemiltonning McLaren Mercedes MP4-25A poyga avtomobili Londondagi Sotheby’s kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

Foto: AP Photo

Germaniyaning Gamburg shahridagi Xagenbek hayvonot bog‘ida yashaydigan ona-bola tuyalar.

Foto: Getty Images

Falastinliklar Isroil havo hujumlari oqibatida vayron bo‘lgan uylari xarobalari orasida o‘tiribdi.

Foto: AFP

“Laboratoriya kalamushlari kemadan qochishni boshlasa, bu kema cho‘kayotganini anglatadi” degan plakatni ushlab turgan tibbiyot xodimlari. Marselda mintaqaviy sog‘liqni saqlash agentligi binosi oldida laborantlar norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Foto: AFP

Isroilning havo va artilleriya zarbalari tufayli uylarini tashlab ketgan falastinlik bolalar BMT tasarrufidagi maktabga joylashtirildi.

Foto: Reuters

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hujjatlarni o‘g‘irlashda ayblab hibsga olingan jurnalist Rozina Islomni politsiya sudga kuzatib boryapti.

Foto: Getty Images

G‘arbiy Sohildagi Nablus shahrida norozilik sifatida yopilgan do‘konlar. Falastinlik faollar G‘azo, G‘arbiy Sohil va Isroilning arablar yashaydigan mintaqalaridagi do‘konlarni Isroilning G‘azoga havo hujumi uyushtirilishiga qarshi norozilik bildirish uchun yopishga chaqirdi.

Foto: EPA

Taypeydagi asosiy stansiya ichiga dezinfeksiyalovchi vosita sepayotgan harbiy xizmatchilar yo‘lovchilarni tashqariga chiqarmoqda.

Foto: EPA

Isroil xavfsizlik kuchlari xodimasi Quddusning Eski shahar hududidagi Damashq darvozasida namoyish o‘tkazayotgan falastinlikka qarshilik ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Galereya yordamchisi “Devid Xokni: Bahorning kelishi, Normandiya, 2020-yil” nomi bilan qirollik akademiyasida ochilgan ko‘rgazmada suratga tushmoqda.

Foto: AFP

Amsterdamda qullarning tanasiga tamg‘a bosishda ishlatilgan temir muzeyda namoyish etildi.

Foto: AP Photo

G‘azo sektoridan uchirilgan raketani Isroilning “Temir gumbaz” raketaga qarshi tizimi tutib qolmoqda.

Foto: Reuters

Homilador island otlari Frankfurt yaqinidagi naslchilik fermasining yaylovida yuribdi.

Foto: AP Photo

Parijdagi muzeyda vizajist prezident Baydenning mum haykalini pardozlamoqda.

Foto: AFP

Rossiyaning Tyumen viloyatida o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq holda favqulodda rejim joriy etildi. Ayni paytda umumiy 18 ming gektardan ortiq maydonda 23 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada 10 yildan beri bunday yirik tabiiy yong‘inlar bo‘lmagan.

Foto: “TASS”

Floridadagi Mayami-Bich plyajida voleybol o‘ynayotgan odamlar.

Foto: Getty Images