Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 36-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” 16-may, yakshanba kuni “Vest Bromvich”ga qarshi bahs yuritdi.

Foto: Twitter “Daryo”

Uchrashuvning 15-daqiqasida Hel Robson-Kanu mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 33-daqiqaga kelib, Muhammad Saloh muvozanatni tiklashga erishdi. 90+5-daqiqada esa “Liverpul” darvozaboni Alisson burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Mersisayd klubining ochkolari 63 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Bromvich” (26) esa 19-o‘rinda bormoqda.

APL

36-tur bahsi

16-may, yakshanba

“Vest Bromvich” – “Liverpul” 1:2

Gollar: 1:0 – 15 Robson-Kanu, 1:1 – 33 Saloh, 1:2 – 90 Alisson.

“Vest Bromvich”: Jonston, Bartli, Taunsend, Ajayi, Ferlong, Diangana (Meytlend-Naylz, 73), Yokushlu (Livermor, 75), Gallaxer, Fillips, Mateus Pereyra, Robson-Kanu (Grant, 82).

“Liverpul”: Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Uilyams (Veynaldum, 84), Fillips, Jons (Shakiri, 59), Fabinyo, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino.