Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sherobod tumanidagi Qorabog‘ qishlog‘i va “Uchyog‘och”, “Guliston”, “G‘o‘rjak-2” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Azlarsoy”, “Bog‘aro” va “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasini sel bosgan.
“Hozirda mahalliy hokimliklar hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Transport, Energetika vazirliklarining kuch va vositalarini jalb qilgan holda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijonning Xonobod shahrida yuzaga kelgan sel oqimlari oqibatida 2 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)