Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayev koronavirusdan sog‘ayib, yana o‘z vazifasiga kirishdi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Davletovuz” kanali.

Foto: Telegram / @davletovuz

Qashqadaryo hokimining koronavirusga chalingani to‘g‘risida 28-aprel kuni uning matbuot kotibi xabar bergandi. “Zoir Mirzayevning koronavirusga chalingani 24-aprel kuni ma’lum bo‘lgan. Ayni paytda viloyat rahbari Toshkent shahrida davolanmoqda”, — deyilgan edi o‘shanda.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimlari orasida ayni kunga qadar Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovlar kasallikka chalinib, davolanib chiqqan.