Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Gazeta.uz”ning yozishicha, Rustam Qosimov aprel oyidan buyon kasallik sabab davolanishda bo‘lgan.

Rustam Qosimov 1956-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (2001—2004-yillar) va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (2004—2009-yillar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori (2009—2011-yillar), shuningdek, 2004-yildan 2009-yilga qadar bosh vazirning ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2011-yildan 2016-yilga qadar nafaqada bo‘lgan. 2016-yilning 16-sentabridan yana bosh vazir o‘rinbosari hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlangandi. 2017-yilning iyunidan 2018-yilgacha Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport bo‘yicha davlat maslahatchisi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-yilning 31-iyulidan Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha davlat maslahatchisi, 2019-yildan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ishlab kelayotgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi