Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasi 29-aprel kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Norma.

Kengashga bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev rais bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev uning o‘rinbosari etib tayinlandi. Kengash tarkibiga, shuningdek, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi Komil Abdullayev, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va boshqalar kiritildi.

Idoralararo kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga ko‘maklashish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘la huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabrida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun e’lon qilingan va u 2021-yil 17-yanvardan kuchga kirgandi. Ushbu hujjat 2008-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning o‘rnini bosdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda