Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 2021-yilning aprel oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘tgan bir oy ichida iste’mol tovarlari 3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashgan.

Yil boshidan buyon narxlar o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi 1 foizga teng bo‘ldi. Yanvar, fevral va mart oylarida inflyatsiya 1 foizdan past bo‘lgan edi.

2017-yildan buyon birinchi bor, statistika ishonchli bo‘lganidan beri ketma-ket uch oy davomida inflyatsiya 1 foizdan oshmadi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021-yilda narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishini aytgandi.

10 foiz — 2017-yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. 2019-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya 15,2 foizni, 2018-yilda 14,3 foizni, 2017-yilda 14,4 foizni tashkil etgan.

Spot’ning yozishicha, o‘nlab yillar davomida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 3-5 foizni tashkil etgan, biroq ushbu raqamlar shubhali.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan
Dunyo
Ukrainadagi urush: taktik yadro quroli nima va u Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinmi?