• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir kunda besh marta o‘lib-tirildim”. Sardoba toshqinida qabristondagi o‘g‘illarini qutqaraman deb suvda oqib ketgan Muhammadali hikoyasi

    Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa qishlog‘i — bir yil avval yorilib, minglab odamlar tinchini buzgan suv omborga eng yaqin aholi punkti. Gulistonda tug‘ilgan, ota-bobosi asli zominlik Muhammadali Suyunov ham 40 yildan beri shu qishloqda yashaydi. Qishloqqa ham imomlik qilgan, ham qabristoniga qaragan marhum hoji otasining ishini davom ettirib, qishloq qabristonida nazoratchilik qiladi.

    Muhammadali Suyunov.

    Muhammadali Suyunov.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Ozodov

    Toshqin yuz bergan tongda Muhammadali akaning ikki o‘g‘li qabristonda (ular u yerda haftalab qolib, ham otasining ishlariga qarashar, ham qo‘y-qo‘zi boqishdek ishlar qilardi), o‘zi esa ayoli bilan uyda bo‘lgan. “Ertalab soat 4:30—5:00 larda telefon qilishdi, ‘ota, mahalla, sovxozimiz tinchmi, biz tomon qabristonga suv kelyapti’, deyishdi”, — deb eslaydi u. Har qanday ota kabi u ham o‘sha vaqt farzandlarini yo‘qotishdan qo‘rqqan.

    Telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng tashqariga chiqsa, qandaydir yoqimsiz, guvullagan ovoz. Ko‘chada suv omborida ishlaydigan bir tanishini ko‘rgan. “U ‘suv to‘g‘onni urib ketdi, ikkala bolangiz qabristonda qolib ketdi’, degan paytda birinchi marta o‘lib tirildim”, — dedi Muhammadali aka. Ota shu zahoti uyidan 6 kilometr masofada joylashgan qabristonga velosipedda borishga uringan, biroq qabristonga 2 kilometr qolganida suv uning yo‘lini to‘sgan. Nima qilarini bilmay, o‘g‘illariga telefon qilgan.

    “Ikkisining ham telefoni o‘chiq chiqdi. O‘sha payt ‘bolalarim ketdi’ deb, ikkinchi marta o‘lib-tirildim”, — deydi u. Sal o‘ziga kelib, ortga, uyga qaytarkan, bir kilometr ham yurmasidan yo‘lni, taxminan, 100 metr enlikdagi to‘lqin to‘sib borayotganini ko‘rgan, suvdan o‘taman deganida esa ustidan yana bir to‘lqin kelib urib, uni oqizib yuborgan.

    “Suv oqizib ketayotganida otam ko‘z oldimga keldi. ‘Muhammadali, harakat qil” dedi. Otamning ruhi bilan 1,5—2 kilometrcha, taxminan, 20 daqiqalar suzdim, ikki marta suv yutdim. Juda charchadim, holim qolmadi”, — deb hikoya qilib berarkan, bu og‘ir xotiralar Muhammadali akaga aziyat berayotgani yuzidan bilinardi... U bir amallab quruqlikka chiqib olgach, yana o‘g‘illariga telefon qilgan, biroq suvga bo‘kkan telefon ishlamagan.

    Tushlikdan keyin suv tortila boshlagan. “Kiyimlarimni quritish uchun yoyib qo‘ygandim. Suv qayta boshlagach, kiyimlarimni hammasini yig‘ib, yelkamga bog‘lab, cho‘p sindirib oldim-da — belimgacha loy, ba’zi joylarda suv oqyapti — 17-18 ta o‘pirilgan joydan o‘tib, soat, taxminan, 16:30—17:00 larda asfalt yo‘lga chiqib oldim”, — deydi Muhammadali aka. Shu yerda uni vertolyotchilar ko‘rib qolib, qutqargan.

    Muhammadali aka vertolyotga chiqishi bilan o‘tinib so‘ragan: “Qabristonga uchinglar, ikki o‘g‘lim o‘sha yerda qolib ketdi!..”. Qabriston ustida aylanishgan, ammo u yerda hech kim bo‘lmagan. Balki suv omborining shtabidadir, degan umid ham oqlanmagan — u yerda ham biror jon yo‘q, hammayoq suv. O‘g‘illar Uchtomdagi mahalladan ham topilmagan. “Kun bo‘yi besh marta o‘lib-tirildim, tamom bo‘ldim o‘shanda”, — deya, ota bu voqealarni qayta boshdan kechirayotgandek g‘amga botadi.

    O‘g‘illar qayg‘usi — alohida hikoya; toshqin ostonasidagi uyda ularning onasi — Muhammadali akaning rafiqasi qolib ketgandi. “Mahallamiz ‘uchastkavoy’i Damas’da kelib, ayolimni olib chiqib ketibdi. Shu bilan ayolim kechgacha evakuatsiyada, meni Gulistondagi harbiy qismda, ikkala o‘g‘lim ham Gulistondagi boshqa joyda evakuatsiyada qolgan. Oilamiz parokanda bo‘lib, tarqalib ketdi. Aloqa yo‘q, kim qayerda, o‘likmi, tirikmi, bilmaymiz”, — suvdan omon chiqsa-da, quvonadigan joyi bo‘lmaganini eslaydi u.

    Muhammadali aka uyi sementdan qurilgani uchun butunlay qulamagan bo‘lsa ham, belgacha keladigan loyni tozalash uchun harbiylar, Milliy gvardiya yigitlari haftalab mehnat qilganini takror-takror aytadi, minnatdorligini bildiradi. Oila boshlig‘i oqib ketgan narsalarga achinmasligini aytib, oilasi sog‘-omon, butun qolganiga shukronalar keltiradi.

    Ayni vaqtda, bu falokat uning sog‘lig‘iga ta’sir qilgani ham bor gap. “Sovuq suvda 1,5—2 kilometr suzishning o‘zi emas, sovuq o‘tib ketdi. O‘zi ‘grija’m bor edi. Ko‘pchilik qatori meni ham sanatoriyga bepul yuborishdi, davolanib keldik, Prezidentimizga rahmat. Uyga kelib ham ancha davolandim. Keyin Gulistondagi shifoxonada davolanib keldim. Hozir asablarim, ruhiyatim ham yaxshi, o‘zimni tutib yuraman, o‘zimga kelganman”, — deydi Muhammadali aka.

    Sardoba toshqini bu xonadondagi rejalashtirilgan ezgu ishlarning bir qismini biroz ortga surdi. Muhammadali aka 2020-yili Xotira kunini o‘tkazib, ikki o‘g‘liga qo‘sh kelin tushirmoqchi bo‘lgan. Loydan qurilgan qo‘shimcha uyini suv oqizib ketgani uchun hozircha faqat katta o‘g‘liga to‘y qildi, yaqindagina. Xonadonda “Yor-yor”lar yangradi, o‘tgan yildan qolgan og‘riqlar haminqadar arigandek bo‘ldi.

    Xayrlasharkanmiz, Muhammadali aka duoga qo‘l ochdi: “Ilohim, yurtimizni o‘t balosi, suv balosidan asrasin, faqat yaxshiliklar bo‘lsin!”

    Mualliflar: Mustahkam Tangriyorova, Musulmonbek Ibrohimov Suhbatni matnga ko‘chirdi: Mirolim Isajonov Muharrir: Muhrim A’zamxo‘jayev

    Mavzuga doir:

    • Qutqarilmagan nogironlar, tug‘ilgan kunida yerga qo‘yilgan ayol, qo‘sh tobutda ketgan qo‘sha qariganlar. Sardoba toshqini qurbonlari xotirasiga
    • “Dushmanimga ham ravo ko‘rmayman!..” Sardoba falokati sabab darbadarlikni boshdan kechirgan va 1-mayni eslashni xohlamaydigan Oysafar hikoyasi
    • “Tirik qolsam boraman, bo‘lmasa rozi bo‘l”. Sardoba toshqiniga birinchilardan bo‘lib yuzma-yuz kelgan Davlat hikoyasi

    01.05.2021, 20:37   Izoh (0)   72391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi tug‘ruqxonadan sog‘ ayolning jasadi chiqqani aytilmoqda. Holatni prokuratura nazoratga oldi

    01.05.2021, 20:16

    Qashqadaryo prokurori: Viloyatda 75 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

    01.05.2021, 19:35

    Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    01.05.2021, 19:14

    Shavkat Mirziyoyev Qibrayda barpo etilayotgan bog‘ hududiga tashrif buyurdi. Bog‘ga “Yangi O‘zbekiston” nomi berildi

    01.05.2021, 18:13

    Uzbekistan Airways may oyida Turkiyaga amalga oshiriladigan qator reyslarni bekor qildi

    01.05.2021, 17:35

    Koson prokurori o‘rinbosari 41 yoshida yurak xurujidan vafot etdi

    01.05.2021, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.