Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida “OKMK” 30-aprel, juma kuni “Istiqlol” bilan bahs yuritdi.

Foto: OFK / “Daryo”

Foto: OFK / “Daryo”

O‘rtacha tempda o‘tgan birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi 45 daqiqalikda zaxiradan maydonga tushgan Zafar Polvonov qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 79-daqiqaga kelib, Yovan Jokich hisobni oshirdi. Tojik jamoasi bu gollarga 87-daqiqada penaltidan urilgan gol bilan javob qaytardi.

Jamoalarning birinchi davra doirasida o‘tkazilgan o‘yinida 3:2 hisobida Tojikiston klubining qo‘li baland kelgandi.

Shu tariqa A guruhi yakunlariga ko‘ra Mirjalol Qosimov jamoasi 7 ochko bilan so‘nggi o‘rinni band etdi. “Istiqlol” esa (10) 1-pog‘onani egalladi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Shabob al-Ahli” “Al-Hilol” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning 54-daqiqasida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatildi. Penaltini esa Igor Jezus muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 90+1-daqiqada esa Jezus dublni rasmiylashtirdi.

OChL

Guruh bosqichi, 6-tur bahslari

“Istiqlol” — “OKMK” 1:2

Gollar: 0:1 — 67 Polvonov, 0:2 — 79 Jokich.

“Istiqlol”: 1.Rustam Yatimov, 3. Andrey Mishchenko, 4. Vaxdat Xanonov, 9. Rustam Zoirov, 10. Alisher Jalilov, 11. Muhammadjon Rahimov, 19. Axtam Nazarov, 21. Aleksey Larin, 55. Manucher Safarov, 63. Manuchexr Jalilov, 70. Shahram Sulaymonov (Jo‘rayev, 81).

“OKMK”: 1.Botirali Ergashev, 77.Dilshod Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 71), 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 60), 4.Mirjamol Qosimov (9.Zafar Polvonov, 46), 94.Elvin Fortes (11.Murod Toshmatov, 63), 18.Aleksandr Kasyan, 28.Shohrux Gadoyev (10.Husniddin G‘ofurov, 46).

Ogohlantirish: Sardor Rahmonov (54), Andrey Mishchenko (76).

“Al-Hilol” — “Shabob ah-Ahli” 0:2

Gol: 0:1 — 54 Jezus, 0:2 — 90+1 Jezus.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj