• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tirik qolsam boraman, bo‘lmasa rozi bo‘l”. Sardoba toshqiniga birinchilardan bo‘lib yuzma-yuz kelgan Davlat hikoyasi

    Bir yil avval, 1-may kuni Sirdaryo viloyati naqafat o‘z tarixida, balki butun O‘zbekiston tarixida misli ko‘rilmagan falokat — to‘g‘on yorilishi va undan keyingi toshqin balosiga uchragan edi. Sardoba suv omboridan toshib chiqqan suvning dastlabki vayronkor zarbasini, tabiiyki, Sardoba tumanining mahalla va qishloqlari o‘ziga qabul qilgan. Tumanning “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida yashovchi Davlat Rahmonov unga 5 yoshidan beri qulog‘iga quyib kelingan suv balosi bilan birinchilardan bo‘lib yuzma-yuz kelgan inson.

    Davlat Rahmonov.

    Davlat Rahmonov.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Ozodov

    Biz Davlat akani tasodifan topdik. Rejamiz bo‘yicha toshqin vaqti o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, chorasiz hamyurtlariga yordam qo‘lini cho‘zgan qahramon yigit bilan suhbatlashishimiz kerak edi. O‘sha falokat tongidagi manzarani tasavvur qilish uchun qorong‘u aralash qishloqqa kirib borganimizda, qahramonimiz kela olmasligi ma’lum bo‘ldi. Ammo taqdir bizni boshqa qahramon — Davlat aka bilan uchrashtirdi. Unga bir yil avvalgi fojiali tongda aynan u sabab omon qolgan oddiy odamlar yo‘l boshladi.

    Suv oqizib ketgan uyi to‘g‘onning shundoqqina oldida bo‘lgan Davlat akani biz qahramon deyapmiz, vaholanki o‘zida qahramonlik da’vosi yo‘q, o‘sha voqealarni eslagisi kelmaydi hatto. Gapirgani sayin asabiylashayotgani seziladi. 1-mayga o‘tar oqshomda ayoli bolalari bilan birga kenja qizining tug‘ilgan kuniga atab tort pishirganini eslaydi, ammo u tort suvlarda oqib ketgan. Uyi, uydagi xotira suratlari va otasidan yodgor egar bilan qo‘shilib oqib ketgan.

    “Yarim kechasi televizor ko‘rib yotgandim, bir payt nimadandir seskanib, cho‘chib joyimdan turdim. Xotinim xonaga kirib keldi-da, chiroqni yoqdi. ‘Qizlar namoz o‘qishga turdi, ularni qo‘rqmasin deb yonida turibman’, dedi. Shu vaqt qayerdandir shovullagan ovoz keldi. Ovoz borgan sari kuchayavergach, xotinimga ‘tashqarini qara-chi’, dedim. Derazani ochishi bilan uyga qish chillasidagidek sovuq kirdi”, — deb eslaydi Davlat aka. Er-xotin darhol tashqariga otilib chiqib, uyi yonidagi “ribxoz” (baliqchilik xo‘jaligi)ning tepasiga chiqqan — Sardoba suv omboridan toshib chiqqan suv sharshara bo‘lib tushardi.

    Davlat akaning rafiqasi “ribxoz” ishchilarini uyg‘otish uchun yugurib ketgan, erkak esa bolalarini uyg‘otgan, molxonadagi chorvasini kanal bo‘yiga haydagan. Ayol qaytib kelganida, uy tizzabo‘yi suv ichida edi. “Soat taxminan 4:00—4:20 edi. Anig‘ini eslolmayman, lekin o‘rnimdan turib, 20 daqiqa ichida molimni chiqargan bo‘lsam, 20 minut davomida telefon qilganman-da”, — deydi u. Davlat Rahmonov qo‘lida bor barcha raqamlarga, avvalo aka-ukalariga, tinmay telefon qilavergan — shu tariqa, buni hatto o‘zi ham yaxshi anglamay, o‘nlab, ehtimol yuzlab odamlar hayotini saqlab qolgan.

    Ma’lumot uchun: Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, “2020-yil 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan”.

    Davlat aka va uning ukalari yo‘l-yo‘lakay, uyma-uy qo‘ni-qo‘shnilarni ogohlantirib, uyg‘otarkan, kimdir ular aytayotgan gapga ishongan, kimdir esa yo‘q. Suvni ko‘rmaguncha qochishni xayoliga ham keltirmaganlar bo‘lgan. “Men, endi, daladan kanal bo‘ylab chorvani haydayapman, menga o‘xshagan chorvasi borlarga ‘qoch, suv urdi, qoch, qoch!’ deb. Uning orasida kimlargadir telefon qilganman. Hozir aniq eslay olmayman, ammo odamlar endi aytyapti, ‘bizga telefon qilgansiz’ deb”, — deb eslaydi Davlat aka.

    Uning aytishicha, kutilmagan falokat oldida karaxt holga tushib qolganlar ham bo‘lgan, biroq u ko‘zi yoshga to‘lgan yetti farzandi tufayli, ularni ruhlantirishim kerak deb hisoblagani uchun o‘zini qo‘lga olgan. “O‘sha payt ko‘zimga hech narsa ko‘rinmagan. Farzandlarim yig‘lab, baqirganida ‘jonni bergan ham, oluvchi ham Alloh, kalimangni qaytarib qochaver, Xudoning o‘zi asraydi’, deganman... Lekin o‘zimdan o‘tganini o‘zim va Xudo biladi... Xudoning karami kengligi shunchalikki, xalqni bomdod namozi, sergak paytida asradi. Tun soat 1:00—2:00 da bo‘lganida, hech kim ulgurmas edi”, — sokin gapiradi u.

    U oilasi bilan birga 5 kilometrcha qochgan. Keyin oldidan ukasi traktori bilan chiqqan. “Farzandlarimni traktorga ortib, xotinimdan rozi-rizolik olib, ‘Tirik qolsam boraman, bo‘lmasa rozi bo‘l’, deb ularni yubordim”. “5-sovxoz”ga yetganda tirkamasida 20—30 kishi bo‘lgan traktorning g‘ildiragi chiqib ketgan, yaxshi ham traktor rulida bo‘lgan uka muammoni vaqtida payqab qolgan, yo‘qsa... Hozir 3-sinfda o‘qiyotgan qizi qancha umr ko‘rsa ham, har doim iztirob bilan yashashini, “tug‘ilgan kunimda shunday bo‘lgan edi” deb eslashini afsus bilan ta’kidlaydi.

    Toshqin vaqtida odam uyidan nimalarni oladi? Davlat aka faqat chorvasini haydagan, axir, omon qolsa, “ertaga yashash kerak, yeb-ichish kerak, hujjat arxivda turibdi-ku”, topsa bo‘ladi. Suv Davlat akaning uyidan faqat fundament (poydevor)ni qoldirgan, qolgan hamma narsa — mebel, idish-tovoq, ko‘rpa-ko‘rpacha, fotosuratlar, hamma-hammasi oqib ketgan. “Uyimni 10 kun huv anavi ko‘prikdan tomosha qildim, yaqin kelishga yuragim betlamadi”, — deydi.

    Odamzodni og‘ir xayollardan qutqaradigan tasodiflar borligi rost. Davlat aka otasidan yodgor qolgan qariyb 60 yillik egarni qaytadan topadi — u 5 kilometr pastgacha oqib, bir joyda qolgan, uni mol boqib yurgan bolalar topib olgan. “Uch yashar toyga ham, ikki yashariga ham tushardi. Bir bola eshagiga urib yurgan ekan, shu boladan qaytarib oldim. Egarni olgach, uyim ham esimdan chiqib ketdi. Chunki katta otamdan bitta yodgorlik shu”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Shahboz Ozodov

    “Qo‘rg‘ontepa” mahallasining Davlat aka yashagan qismi hozir keng bir bo‘shliqqa aylangan, toshqingacha esa gavjum bir mahallaga aylangan edi. “Ko‘chamiz deyarli to‘lgan, odamlar uylar solgandi. 50 tacha xonadon bor edi, daraxtlar, ekinlar — hammasi oqib ketdi. Bu yerda endi yashab bo‘lmaydi deganlarni ko‘rdim, ammo men hech qayerga ketmayman, shu yerning odamlariga o‘rganganman”, — deydi u, bo‘lgan falokatni esa “Xudoning bir sinovi” deb biladi.

    Davlat Rahmonov boshidan kechirganlarini unuta olmasa ham, shukronalar keltiradi. Gaz nimaligini bilmagan qishloqqa bugun gaz kelgan, elektr ta’minoti esa uzluksiz.

    Davlat Rahmonov xom g‘ishtdan qurilgan va toshqin vaqti oqib ketgan uyining o‘rnida pishiq g‘ishtdan yangi uy ko‘targan.

    Davlat Rahmonov xom g‘ishtdan qurilgan va toshqin vaqti oqib ketgan uyining o‘rnida pishiq g‘ishtdan yangi uy ko‘targan.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Ozodov

    “Prezident ‘Hali suv urgani yaxshi bo‘ldi deysizlar’ degandi. Ko‘rib turibsizlar, uylarni solib berdi, uyi yo‘qlarga uy berdi — bundan ortiq bo‘lmaydi. Bitta ota-ona o‘n-yigirma yillab ne-ne mehnat, azoblar bilan uy soladi. Bitta cho‘pini, kesakni qo‘yish oson emas. Lekin 37 ta domni qurish uchun davlatning hazilakam mehnati, mablag‘i ketgani yo‘q”, — deydi chin qoniqish bilan Davlat aka.

    “Ammo kimga qanday”, — deydi u. “Bandasining ko‘nglini hech topa olmaysiz”, — deydi u.

    Mualliflar:Musulmonbek Ibrohimov, Mustahkam Tangriyorova

    Matnni tayyorladi:Mirolim Isajonov

    Muharrir: Muhrim A’zamxo‘jayev

    30.04.2021, 07:17   Izoh (0)   118648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

    30.04.2021, 07:09

    O‘zbekiston Rossiyadan koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishni ko‘paytirishni so‘radi

    30.04.2021, 06:55

    Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunovga o‘rinbosar tayinlandi

    30.04.2021, 06:41

    Qo‘qon shahrida Hind madaniyati markazi ish boshladi

    30.04.2021, 06:12

    Toshkentdagi supermarketning ehson qutisiga 50 ming dollar tashlab ketilgani ma’lum bo‘ldi

    30.04.2021, 04:01

    Foto: Do‘ppi kiygan Shavkat Mirziyoyev

    30.04.2021, 03:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Toshkentda ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zo‘rlab kelgan blogerga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.