2020-yilning iyulida Gavayida shunchaki syorfing bilan shug‘ullanishni istagan Facebook asoschisi Mark Sukerberg kutilmaganda internet yulduziga aylanib ketgan edi. U yuziga quyoshdan himoya qiluvchi kremdan nafaqat himoyalanish, balki maskirovka maqsadida ham foydalangan, deb xabar beradi Esquire.

Foto: East News

Instagram rahbari Adam Mosseri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida milliarder Gavayida dam olayotganini sezib qolishlarini xohlamaganini va shu sababli yuziga sanskrinni qalin qilib surganini tan olgan. U buni paparatssilardan himoyalanish maqsadida amalga oshirgan.

Biroq suratkashlar Sukerbergni baribir tanib qolgan, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar esa uni memlar qahramoniga aylantirgan: Sukerbergning yangi obrazi Jokerga, hatto 1993-yilda chiqqan komediyadagi Dautfayr xonimga qiyoslangan.

Sukerbergning o‘zi memlardan xafa emasligini va doim “internetni kuldirish”dan xursandligini ta’kidlagan.