Braziliyaning San-Paulu shahrida oqko‘ngil it chorrahadagi svetofor qarshisida ovqat tashishga mo‘ljallangan mototsiklda turgan erkak oldiga borib, o‘zini silashini “so‘radi”, deb yozadi Meduza.
It yo‘l o‘rtasida turgan mototsikl haydovchining oldiga yugurib borgan va svetoforning yashil chirog‘i yonishini bekor kutmasdan, boshini qashib qo‘yishi uchun erkakka tutgan. Natijada barcha bundan mamnun: it silab qo‘yildi, kutish vaqti qisqardi, kayfiyat — a’lo.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda egasi bilan qo‘shiq kuylayotgan it mashhurlikka erishgani, sayyoh it o‘z obunachilarining “hasadi”ga sababchi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Rossiyada retriver “Mir 24” kanali boshlovchisining mikrofonini o‘g‘irlab ketdi. Bir necha yil avval ham itlar telekanal efirini to‘xtatgan edi (video)
- AQShda boshpanasiz it do‘kondan bir necha bor paxmoq yakkashoxni o‘g‘irlashga urindi. Natijada unga ushbu o‘yinchoqni sovg‘a qilishgan va yangi xo‘jayin topishgan
Izoh (0)