Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Makro supermarketlar tarmog‘ida Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan ketmoqda. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Makro

Foto: Makro

2021-yilning yanvar oyi o‘rtalarida tarmoqning boshqaruv direktori Roman Sayfulin ushbu do‘konni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgandi. Hozirda ular yakunlangani va mazkur joyda Carrefour supermarket bo‘lishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni O‘zbekistondagi Carrefour brendini boshqaradigan Dubayning Majid al-Futtaim kompaniyasi Samarqand Darvoza va Compass’ga egalik qiluvchi UzOman fondi bilan ushbu savdo-ko‘ngilochar markazlarida Makro do‘konlari o‘rnida gipermarketlarni ochish to‘g‘risida shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Makro Compass’da markaz ochilganidan buyon, ya’ni 2018-yildan beri faoliyat yuritib kelgan. Bu maydoni 7,5 ming kvadrat metrga teng O‘zbekistondagi birinchi Makro City gipermarketi edi.

Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi Roman Sayfulin buni Makro va uning xaridorlari uchun kutilmagan “sovg‘a” bo‘lganini aytgandi, “ayniqsa, yakunlanmagan shartnomalarni hisobga olganda”.

Kompaniya ularning huquqlari qo‘pol ravishda buzilgan deb hisoblagan — savdo va ko‘ngilochar markaz ijaraga berish shartlarini boshqa da’vogarlar bilan teng sharoitlarda taklif qilish majburiyati bo‘lgan.

Aprel boshida esa Makro Samarqand Darvoza’dan rasman ketgani ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi