Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NASA (AQSh Milliy aeronavtika va koinotni tadqiq etish boshqarmasi) 2020-yil iyulida Marsga uchirgan Perseverance marsoxodi sayyora atmosferasidan kislorod ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.

Perseverance marsoxodi

Perseverance marsoxodi
Foto: NASA

“NASA’ning Mars yuzasidagi eng yangi olti g‘ildirakli roboti Perseverance’ning kengayib borayotgan kashfiyotlari ro‘yxati atmosferadagi tarqoq, dioksidga boy uglerod qismlarini kislorodga aylantirishni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi NASA xabarida.

Ushbu sinovni marsoxod 20-aprel — sayyorada o‘tkazayotgan 60-kunida amalga oshirdi.

Amerika koinot agentligi aniqlik kiritishicha, bu kashfiyot kelajakda kosmonavtlarni nafas olish uchun yaroqli bo‘lgan havo bilan ta’minlashda yordam beradi. Ta’kidlanishicha, qizil sayyora atmosferasining 96 foizini karbonat angidrid tashkil etadi.

Bundan tashqari, mahalliy atmosferani kislorodga aylantirish kelajakda Marsda yoqilg‘i ishlab chiqarish imkonini ham berishi kerak. Bularning barchasi u yerga odamni tushirish jarayoniga yaqinlashtiradi, deya qayd etdi NASA.

Perseverance marsoxodi ortilgan raketa 2020-yil iyulida Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgan edi. Fevralda Amerika roveri Yezero krateriga borib qo‘ndi. Bungacha sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar yordamida u yerda katta ko‘lga borib quyilgan daryo o‘zani izlari aniqlangan edi. Olimlar fikricha, kraterda hayot izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi