Yevropa Superligasining tashkil etilishi jahon bozoriga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Xususan, Superliga ta’sischilaridan bo‘lgan “Manchester Yunayted” va “Yuventus”ning aksiyalari sezilarli darajada oshdi. Faqat shu ikki klub ta’sischilar orasida aksiyalarini birja bozoriga chiqargan.
“Yuventus”ning aksiyalari 18 foizga ko‘tarilgan (2016 million dollar), “Manchester Yunayted”niki esa — 11% (289 million dollar).
Ma’lumot uchun, 18-aprel kuni Yevropaning 12 ta klubi yangi musobaqa — Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)