• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi raisi Nuriddinjon Ismoilov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va boshqalar hamdardlik bildirdi. Hamdardlik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    O‘zbek madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi. Milliy teatr va kino san’atimizning taniqli namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov og‘ir kasallikdan so‘ng 2021-yil 15-aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.

    Mirza Azizov 1963-yili Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan. 1987-yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni musiqali drama aktyori ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini 1989-yilda Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatrida vokal artisti sifatida boshlab, 1992–1997-yillar davomida O‘zbek davlat drama teatrida ham samarali ijod qildi.

    Mirza Azizov ko‘p yillik serqirra ijodiy faoliyati mobaynida noyob iste’dodi va yuksak mahorati bilan teatr sahnasi va kino san’atida tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan o‘nlab yorqin obrazlar yaratdi.

    Iste’dodli aktyor “Yusuf va Zulayho”, “Farhod va Shirin”, “Nodirabegim”, “Alpomishning qaytishi”, “Toptalgan tuyg‘u” kabi mashhur spektakllarda, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Ostona”, “Imom Buxoriy”, “Muhabbat sinovlari”, “Tubanlik”, “Muruvvat”, “Gumrohlar”, “Novda” kabi ko‘plab kinofilmlarda betakror xarakter va dunyoqarashga ega bo‘lgan turli shaxslar siymosini mohirona talqin etib, minglab san’at muxlislari va keng jamoatchilikning hurmat-e’tiborini qozondi.

    O‘z faoliyatining ma’no-mazmunini xalqimizga, jonajon Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishda, deb bilgan san’at fidoyisi mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan barcha ommaviy-madaniy tadbirlarning faol ishtirokchisi edi.

    U 2016-yildan boshlab Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri direktori lavozimida samarali mehnat qilib, 80 yillik shonli tarixga ega ushbu san’at dargohining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, repertuar tarkibini zamonaviy va tarixiy asarlar bilan boyitishga, iqtidorli aktyorlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shdi.

    Katta ijod va hayot tajribasiga ega bo‘lgan M.Azizov xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ezgulik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish yo‘lida chinakam fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

    Mirza Azizovning o‘zbek teatr va kino san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan edi.

    Taniqli san’atkor, samimiy va kamtarin inson Mirza Azizovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

    A.Aripov, O.Nazarbekov, Y.Sa’diyev

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani hamda qirolicha Yelizaveta II nomiga shahzoda Filipp vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

    18.04.2021, 00:06   Izoh (0)   75043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kashtada tikilgan “Mona Liza”, o‘zbek go‘shasida iftorlik qilayotgan Erdo‘g‘on, tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan abadiy prezident. Hafta suratlari

    17.04.2021, 23:58

    Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video)

    17.04.2021, 23:33

    Yaponiya O‘zbekiston elektr energiyasi sohasi va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga hissa qo‘shish maqsadida 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi

    17.04.2021, 23:16

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini 15-iyulga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi

    17.04.2021, 22:37

    Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi

    17.04.2021, 21:12

    O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan koronavirusga qarshi ikkita vaksina JSST nomzod-vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi

    17.04.2021, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.