Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining yarim finalida “Manchester Siti” va “Chelsi” 17-aprel, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol Hakim Ziyosh tomonidan 55-daqiqada urildi. Shu tariqa “ko‘klar” final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

1/2 final bosqichining ikkinchi o‘yinida “Lester” 18-aprel, yakshanba kuni “Sauthempton”ni qabul qiladi.

Angliya Kubogi

1/2 final bosqichi

“Chelsi” — “Manchester Siti” 1:0

Gol: 1:0 — 55 Ziyosh.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Chiluell, Ryudiger, Aspilikueta, Jeyms, Maunt (Pulishich, 70), Kante, Ziyosh (Emerson, 79), Jorjinyo, Tiago Silva (Zuma, 88), Verner (Haverts, 79).

“Manchester Siti”: Steffen, Ruben Diash, Mendi, Lyaport, Joau Kanselu, Rodri, Fernandinyo, Sterling, de Bryuyne (Foden, 48), Ferran Torres (Gundo‘g‘on, 64), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Jeyms (34), Fernandinyo (63), Aspilikueta (90), Lyaport (90), Ruben Diash (90).