Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan navbatdagi ikki o‘yin 14-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

“Real” “Liverpul” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi. Ushbu o‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa ham, Madrid klubi dastlabki bahsdagi g‘alabasi tufayli keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

“Manchester Siti” “Borussiya D” maydoniga safar qildi va 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. “Shaharliklar”ning gollariga Riyod Mahrez va Filip Foden mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlar safida Jud Bellinghem o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Shu tariqa Chempionlar Ligasi 1/2 final bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Ular quyidagicha: “Chelsi”, PSJ, “Manchester Siti” va “Real”. Yarim finalda “Real” “Chelsi” bilan bahsga kirishsa, Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” PSJga qarshi maydonga chiqadi.

Chempionlar Ligasi

1/4 final, javob bahslari

“Liverpul” Angliya — “Real Madrid” Ispaniya 0:0

“Liverpul”: Alisson, Kabak (Diogu Jota, 60), Robertson, Fillips, Aleksander-Arnold, Fabinyo, Milner (Tiago Alkantara, 60), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 82), Veynaldum, Saloh, Firmino (Shakiri, 82).

“Real Madrid”: Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Valverde, Kroos (Odriosola, 72), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 72), Modrich, Asensio (Isko, 82), Benzema.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (25), Robertson (25), Fillips (59).

Birinchi o‘yin — 1:3.

“Borussiya D” Germaniya — “Manchester Siti” Angliya 1:2

Gollar: 1:0 – 15 Bellinghem, 1:1 – 55, penalti Mahrez, 1:2 – 75 Foden.

“Borussiya D”: Hits, Morey (Tigges, 81), Akanji, Hummels, Gerreyru, Daud (Azar, 76), Bellinghem (Brandt, 81), Knauff (Reyna, 68), Jan, Roys, Holand.

“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Uoker, Ruben Diash, Zinchenko, Foden, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Marez (Sterling, 88), Gundog‘an.

Ogohlantirish: Bellinghem (39).

Birinchi o‘yin — 1:2.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
O‘zingizni qiynamasdan to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatadigan 9 ta layfxak
Kino
Har gal ko‘rganingizda qalbni jumbishga soladigan hayajonli va ta’sirchan kino sahnalari
Dunyo
Vengriya Xalqaro sud qarori bilan Putinni hibsga olmaydi, Myanma qarorni e’tiborsiz qoldiradi