“Chelsi” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida kechgan “Portu”ga qarshi o‘yinda yutqazib qo‘ydi (0:1).
Uchrashuv davomida londonliklar hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishichga nisbatan “Portu” futbolchilari tomonidan 11 marta o‘yin qoidasi buzildi. Bu musobaqa rekordining takrorlanishi bo‘ldi.
Bunga qadar rekord “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga tegishli edi. 2010/11-yilgi mavsumda katalonlarning “Real”ga qarshi o‘yinida Messiga nisbatan 11 ta fol ishlatilgandi.
Qayd etish joiz, Pulishich bu uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Amerikalik futbolchi joriy mavsum londonliklar safida 32 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)