So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini 11-sentabrgacha olib chiqadi. Uning ketidan Britaniya ham harbiylarini olib ketadi

    14.04.2021, 20:11 13476

    AQSh Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqish muddatini qayta ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi prezident ma’muriyatining vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar mintaqani 11-sentabrgacha tark etadi. 2020-yilning oxiriga kelib Afg‘onistonda Amerikaning 8,6 ming harbiy xizmatchisi qolgan edi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Qolgan qo‘shinlarni tartibli ravishda 1-mayga qadar olib chiqishni boshlaymiz va 11-sentabr, Amerika qo‘shinlari Afg’onistonga kirganining 20 yilligi sanasiga qadar barcha harbiylarni mamlakatdan olib chiqishni rejalashtiryapmiz”, — dedi prezident ma’muriyatining vakili jurnalistlarga.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘shinlar hududdan olib chiqilayotganda hujumga uchragan taqdirda, AQSh harbiylari “kuchli javob” qaytaradi. “Biz (mintaqada) terrorizm xavfini kuzatishni to‘xtatmaymiz... Afg‘oniston terrorchilarning AQShga qarshi hujumlarini tayyorlashi mumkin bo‘lgan bazasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tinimsiz ishlashda davom etamiz”, — deb ta’kidladi u.

    Ma’lumot uchun, 2020-yilning fevral oyida AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan edi. Shartnoma AQSh harbiylarini 2021-yilning 1-mayiga qadar Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqish, mahbuslarni ozod qilish va yangi hukumat tuzishni ko‘zda tutgan.

    Oq uyning yangi ma’muriyati esa harbiylarni olib chiqish muddatini qayta ko‘rib chiqish rejasini e’lon qildi.

    “Harbiylarni u yerda uzoq ushlab turmoqchi emasman... U yerdan ketamiz, lekin qachonligi noma’lum”, — dedi Bayden. AQSh harbiylari Afg‘onistonda keyingi yilgacha qolishi mumkinmi, degan savolga javoban Bayden “bunday bo‘lishini tasavvur qila olmasligi”ni aytdi.

    The Times gazetasining yozishicha, Buyuk Britaniya ham deyarli barcha qo‘shinlarini Afg‘oniston hududidan olib chiqishni rejalashtiryapti.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘onistonda 750 ming britaniyalik harbiy bor. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya armiyasi amerikaliklarning bazalari va infratuzilmasidan foydalanib kelgani sababli AQSh qo‘shinlarining olib chiqilganidan keyin britaniyaliklarning qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli bor. Shuningdek, Buyuk Britaniya harbiylari mahalliy askarlar bilan mashg‘ulot o‘tkazadigan Kobul akademiyasining nazorati ham Afg‘oniston hukumatiga topshirilishi mumkin.

    Bayden ma’muriyatining bunday qaroriga javoban, “Tolibon” Afg‘onistondagi chet el harbiylariga qarshi hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qildi va ularning barchasi belgilangan muddatda Afg‘onistonni tark etmasa, “toliblar” yana “vatanini ozod qilish uchun, jihodni va chet el harbiylariga qarshi qurolli kurashlarni davom ettirishga majbur” bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, bu talablar bajarilmaguncha, “Tolibon” delegatsiyasi hech qanday konferensiyada ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi qo‘shinlari sonini oshirishi mumkin
    • Afg‘oniston prezidenti AQSh hamda “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi
    • AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi harbiylari sonini qisqartirdi
    • AQSh harbiylari Eron tomonidan hujum ehtimoli yuzasidan jangovar shaylik holatiga keltirildi
    • AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi harbiylarini kamaytiradi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    O‘zbekistonda sakkiz oyda savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    Bugun, 11:20

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.