Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonda ichki ishlar vazirligida faoliyat yuritadigan xotin-qizlar uchun atlas va adrasdan tikilgan liboslar taqdim qilindi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar bergan, deb yozadi “Asia-Plus”.

Foto: “Asia-Plus”

Foto: “Asia-Plus”

Ma’lum qilinishicha, tojikistonlik dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan forma, Emomali Rahmonga uning mamlakat shimoliga qilgan safari davomida ko‘rsatilgan. Prezident 2021-yilning 7-aprelida Guliston shahridagi IIVga qarashli o‘quv markazini ochib berish uchun tashrif buyurgan.

Foto: “Asia-Plus”

Foto: “Asia-Plus”

Qayd qilinishicha, belgilangan qoidalarga muvofiq kuchishlatar organlari xodimlarining formasi namunalari va unga kiritiladigan o‘zgarishlar mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlanishi kerak. Forma namunalari prezident tomonidan tasdiqlansagina, ularni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi