Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 30-turida Madridning “Atletiko” klubi 11-aprel, yakshanba kuni “Betis” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Yannik Ferreyra Karraskoning 5-daqiqada urgan goliga mezbonlar 20-daqiqada Kristian Telyoning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Shu tariqa “Atletiko” o‘zi uchun muhim bo‘lgan o‘yinda ochko yo‘qotdi.

Ushbu durangdan keyin “Atletiko”ning ochkolari soni 67 taga yetdi, jamoa yana birinchi o‘ringa qaytdi. 2-o‘rindagi “Real”ning hisobida 66, “Barselona”da esa 65 ochko bor. Ochkolari 47 taga yetgan “Betis” 6-pog‘onaga ko‘tarildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Yana bir bellashuvda “Valensiya” o‘z maydonida “Real Sosyedad” bilan murosa yo‘lini tanladi.

La Liga

30-tur bahslari

11-aprel, yakshanba

“Betis” — “Atletiko” 1:1

Gollar: 0:1 – 5 Karrasko, 1:1 – 20 Telyo.

“Betis”: Bravo, Mandi, Emerson, Moreno, Bartra, Fekir, Kanales, Ruibal (Laynes, 75), Xoakin (Xuanmi, 63), Telyo, Rodriges (Vilyam Karvalyu, 90).

“Atletiko”: Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso (Lodi, 63), Trippyer (Vrsalko, 78), Koke, Errera (Vitolo, 64), Korrea, Saul, Joau Feliks (Torreyra, 48), Karrasko.

“Vilyarreal” – “Osasuna” 1:2

Gollar: 0:1 – 64 Monkayola, 1:1 – 70, avtogol David Garsiya, 1:2 – 74 Budimir.

“Valensiya” – “Real Sosyedad” 2:2

Gollar: 0:1 – 33 Gevara, 0:2 – 45 Isak, 1:2 – 60, penalti Vass, 2:2 – 73 Gabriel Paulista.

“Valyadolid” – “Granada” 1:2

Gollar: 1:0 – 41, penalti Orelyana, 1:1 – 78 Molina, 1:2 – 86 Kini.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi